Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 12 noyabr kuni Toşkentda bölib ötadigan Özbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuvini Tojikiston hakamlari brigadasi boşqaradi.
Uçraşuvning boş hakami etib FIFA hakami Ğulmurodi Sa’dullo tayinlandi.
Unga yon çiziqlarda Hasan Karimov va Farhod Qurolov yordam beradi.
Uçraşuv “Paxtakor” stadionida bölib ötadi. Öyin soat 20:00 ga belgilangan.
Rossiya terma jamoasiga qarşi bahs Özbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida ötkazadigan ikkita uçraşuvidan birinçisi böladi.
17 noyabr kuni Fabio Kannavaro boşçiligidagi jamoa Dohadagi «Jassim bin Hamad» stadionida Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan kuç sinaşadi.
Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 20:30 da boşlanadi.