Özbekiston

Tanzila Narbayeva Janubiy Koreyadagi delegatsiyaga boşçilik qildi

Tanzila Narbayeva Janubiy Koreyadagi delegatsiyaga boşçilik qildi
Tanzila Narbayeva Janubiy Koreyadagi delegatsiyaga boşçilik qildi / Foto: Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva rasmiy taşrif bilan Koreya Respublikasiga borgan parlament delegatsiyasiga boşçilik qilmoqda. Taşrif Milliy Assambleya spikeri Ço Jon Şikning taklifiga binoan amalga oşirilmoqda.

Taşrif doirasida Ço Jon Şik, «Koreya — Özbekiston» parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi Kim Gyo Xin, şuningdek, davlat idoralari, ta’lim muassasalari va yirik kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar ötkaziş rejalaştirilgan.

Tomonlar parlamentlararo aloqalarni yana-da rivojlantiriş, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, ta’lim, mehnat sohasi va innovatsiyalar yönalişlaridagi hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qilişni rejalaştirgan.

Şuningdek, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollariga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.