Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Suv sifatini muntazam monitoring qiliş uning tarkibidagi özgarişlarni kuzatiş, ifloslantiruvçi moddalarni aniqlaş va atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça asoslangan qarorlar qabul qiliş imkonini beradi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining (YXHT) Özbekistondagi loyihalari koordinatori Milliy ekologik monitoring markazi bilan hamkorlikda Sirdaryo havzasidagi transçegaraviy suv oqimlarini kuzatiş işlarini qöllab-quvvatlamoqda.
Uşbu işlar doirasida yer usti suvlari va tub çökindilarining kimyoviy tarkibi örganilmoqda. Bu mutaxassislarga daryoning yuqori oqimida joylaşgan toğ-kon va sanoat korxonalari çiqindilari, şuningdek, boşqa manbalar bilan boğliq ifloslaniş xavflarini baholaş imkonini beradi.
YXHTning Özbekistondagi loyihalari koordinatori, elçi Antti Karttunen quyidagilarni ta’kidladi:
«Biz bir neça yildan buyon milliy hamkorlarimizni Sirdaryo havzasida suv sifati va ifloslaniş darajasini monitoring qilişda qöllab-quvvatlab kelmoqdamiz.
Suv va tabiiy resurslar davlat çegaralarini bilmaydi. Milliy hamkorlarimiz qöşni mamlakatlardagi hamkasblari bilan yaqin hamkorlik qiladi va YXHT kömagida ötkaziladigan monitoring natijasida olingan ma’lumotlarni almaşadi. Bu şaffoflikni oşiradi va umumiy ekologik muammolarga yeçim topişga yordam beradi».
Milliy ekologik monitoring markazi rahbarining birinçi örinbosari Zafar Qayumovning sözlariga köra, YXHT bilan köp yillik hamkorlik ekologik tahlil sohasidagi milliy salohiyatni mustahkamladi.
Olingan ma’lumotlar ifloslaniş tendensiyalarini kuzatiş, aholi va ekotizimlar uçun xavflarni baholaş, şuningdek, atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida qarorlar qabul qiliş uçun ilmiy asos bölib xizmat qiladi.
YXHTning Özbekistondagi loyihalari koordinatori suv sifatini monitoring qiliş va transçegaraviy ma’lumotlar almaşinuvini qöllab-quvvatlaş orqali milliy hamkorlarga ekologik xavflarni öz vaqtida aniqlaşda yordam bermoqda.
Bu umumiy suv resurslarini barqaror boşqarişga va ekologik xavfsizlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.