Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 28 oktyabr kuni Toşkentda Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi oçildi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirokçilarga yöllagan murojaatida mintaqa mamlakatlari universitetlari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş, qöşma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar sonini köpaytiriş, talabalar hamda olimlar almaşinuvini qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
«Bu sohadagi strategik maqsadimiz — Markaziy Osiyoni özaro işonç va döstlik makoniga, ilm-fan va ma’rifat, yuqori texnologiyalar va innovatsiyalarni birlaştiradigan yagona intellektual hududga aylantiriş», — deyiladi murojaatda.
Prezidentning ta’kidlaşiça, global muammolarni yakka holda hal etiş qiyin. Suv resurslari va energetika sohalaridagi xavfsizlik, iqlim özgarişi hamda mehnat bozoridagi texnologik özgarişlar mintaqa mamlakatlarining bilim va imkoniyatlarini birlaştirişni talab etadi.
Şavkat Mirziyoyev Jahon banki prognozini keltirib, unga köra, 2026 yilda Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 5,8 foizga ösişini qayd etdi. Qariyb 85 million aholiga ega mintaqa uçun eng katta boylik yoş avlod ekanini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, uşbu demografik salohiyatni intellektual kuçga aylantirişning eng samarali yöli — zamonaviy va sifatli ta’limdir.
Mirziyoyev yaqinda qabul qilingan farmon bilan Özbekistonda maktabgaça va maktab ta’limi, professional va oliy ta’lim, şuningdek, ilm-fanni boşqariş yagona tizimga birlaştirilganini eslatdi. Bu boşlanğiç bilimlarni egallaşdan tortib, mutaxassis va olim bölib yetişişgaça bölgan barça bosqiçlar örtasidagi uzviylikni ta’minlaşi kerak.
Prezidentning qayd etişiça, kelgusi ön yilda köplab kasblarga bölgan munosabat özgaradi va mutlaqo yangi mutaxassisliklar paydo böladi. Şu bois ta’lim tizimi yoşlarda mustaqil fikrlaş, ijodiy qobiliyat, mas’uliyat va butun umr davomida örganiş könikmalarini rivojlantirişi zarur.
Ustuvor vazifalar sifatida öqituvçilarning rolini oşiriş, ta’lim mazmunini yangilaş, talab yuqori bölgan kasblarga yönaltiriş hamda maktablar, texnikumlar, universitetlar va işlab çiqariş örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş belgilandi.
Murojaatda qizlar, qişloq va olis hududlardagi bolalar, şuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega yoşlar uçun imkoniyatlarni kengaytirişga ham alohida e’tibor qaratildi. Prezident buni adolatli va inklyuziv jamiyat barpo etişning muhim şarti deb atadi.
U, şuningdek, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va zamonaviy muhandislik yönalişlarini rivojlantiriş, universitetlarni ilmiy işlanmalar markazlariga aylantiriş hamda yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş vazifalarini ham tilga oldi.