Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 23 oktyabr kuni Batumi şahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Gruziya taşqi işlar vazirlarining uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda siyosiy-diplomatik muloqotni çuqurlaştiriş, transport-logistika yölaklarini diversifikatsiya qiliş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. Bu haqda Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.
Tomonlar tarmoqlar kesimidagi hamkorlik istiqbollarini, jumladan, qişloq xöjaligi, töqimaçilik va kimyo sanoati, energetika hamda elektrotexnika sohalaridagi qöşma loyihalarni muhokama qildi.
Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlarining işbilarmon doiralari hamda mintaqalari örtasida töğridan-töğri aloqalarni mustahkamlaş masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv iştirokçilari hamkorlikning muhim yönalişlari sifatida turistik yönalişlarni rivojlantiriş va tarixiy-madaniy aloqalarni çuqurlaştirişni qayd etdi.
Şuningdek, tomonlar Buyuk ipak yöli merosi salohiyatidan foydalanişga kelişib oldi.
Vazirlar özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş, mintaqalararo şeriklikni rivojlantiriş va özaro boğliqlikni mustahkamlaş böyiça birgalikdagi işlarni davom ettirişga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.