Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti suv omborlari va ularga tutaş hududlardan foydalanişni tartibga soliş töğrisidagi qarorni imzoladi. Hujjat uşbu hududlarda turistik xizmatlar taşkil etayotgan tadbirkorlar uçun soliq va bojxona imtiyozlarini nazarda tutadi. 2026 yil 27 oktyabrda qabul qilingan PQ-387-son qarorga muvofiq, tegişli çoralar belgilangan.
Qarorga köra, imtiyozlar 2029 yil 1 oktyabrga qadar amal qiladi. Suv omborlari va ularga tutaş hududlarda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik şaxslar uçun yer soliği va mol-mulk soliği stavkalari belgilangan miqdorning 50 foizi darajasida belgilanadi.
Bundan taşqari, tadbirkorlarga turistlar xavfsizligini ta’minlaş va ularga xizmat körsatiş uçun zarur uskunalarni Özbekistonga olib kirişda bojxona tölovlarini 120 kungaça keçiktirib tölaş yoki bölib-bölib tölaş imkoniyati beriladi. Imtiyoz suvda foydalanişga möljallangan GPS qurilmalari, qutqaruv va himoya vositalari, şuningdek, zamonaviy sanitariya-gigiyena modullariga nisbatan tatbiq etiladi.
Şu bilan birga, qaror suv omborlari va ularga tutaş hududlarda joylaşgan turistik obyektlar xavfsizligi hamda ekologik muhofazasiga doir talablarni belgilaydi.
Tadbirkorlar taşrif buyuruvçilarni himoya qiliş, ularning salomatligini muhofaza etiş va favqulodda vaziyatlarning oldini oliş uçun obyektlarni xavfsizlik vositalari bilan jihozlaşi şart. Şuningdek, ular öz qutqaruv xizmatlarini taşkil etişi yoki qutqaruv işlarini tezkor amalga oşirişni ta’minlaş maqsadida professional qutqaruv bölinmalarining navbatçiligini şartnoma asosida yölga qöyişi kerak.
Kiçik ölçamli kemalardan foydalaniş va ularni töxtatib turiş uçun inşootlarni ekspluatatsiya qiliş böyiça ham alohida talablar belgilangan. Turistik obyektlar egalari bunday kemalar va tegişli infratuzilmadan foydalanişda qonunçilikda belgilangan xavfsizlik me’yorlariga rioya etişi lozim.
Atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida tadbirkorlar obyektlarni içki kanalizatsiya tarmoqlari va oqova suvlarni tozalaş uçun mahalliy tozalaş inşootlari bilan jihozlaşi şart. Ular suvni muhofaza qiliş zonalari va qirğoqböyi hududlarida amal qiluvçi talablarga rioya etişi, şuningdek, oqova suvlarni bevosita suv obyektlariga taşlaşga yöl qöymasligi kerak.
Turistik obyektlarda hosil böladigan maişiy çiqindilarni belgilangan tartibda utilizatsiya qilişni ta’minlaş majburiyati ham nazarda tutilgan.
Şunday qilib, qaror suv omborlari atrofida turizmni rivojlantirayotgan tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş bilan birga, taşrif buyuruvçilar xavfsizligi, suv transportidan foydalaniş va atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça talablarni ham belgilaydi.