Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Rahimjon Hakimov Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjondan kelgan yoş siyosatçilar hamda ekspertlar bilan uçraşdi. Uçraşuv «Yoş yetakçilar: Markaziy Osiyo + Ozarbayjon» mintaqaviy dasturi doirasida bölib ötdi. Bu haqda Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuv davomida iştirokçilarga Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, jumladan, yoşlar huquqlarini himoya qiliş, ularning salohiyatini röyobga çiqariş, yoşlarning jamiyat hayoti va davlat boşqaruvidagi iştirokini kengaytiriş böyiça çora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
Ta’lim oliş, kasbiy könikmalarni egallaş, işga joylaşiş va yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Yoşlarning mahalliy darajadagi muammolarini hal etiş mexanizmlaridan biri sifatida mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoşlar yetakçilarining işi taqdim etildi. Ular taşabbuslarni ilgari suriş va amaliy yordam körsatişga kömaklaşadi.
Iştirokçilarga Qonunçilik palatasi faoliyati va yoşlarni qonun ijodkorligi jarayoniga jalb etiş imkoniyatlari haqida ham sözlab berildi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar parlamentining yoşlar taşabbuslarini ilgari suriş, ularni qonun ijodkorligi faoliyatiga jalb qiliş va kelajakdagi siyosiy yetakçilarni tayyorlaşdagi örni alohida ta’kidlandi.
Mehmonlar qabul va oçiq muloqot uçun Özbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi. Ular mintaqa mamlakatlari örtasidagi işonçni mustahkamlaş, döstona munosabatlarni rivojlantiriş va yoşlar örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş muhimligini ta’kidladi.
Uçraşuv savol-javob şaklida davom etdi. Iştirokçilar parlamentlararo hamkorlik istiqbollari, yoş yetakçilar örtasida tajriba almaşiş va qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşdi.
Tojikiston Prezidenti huzuridagi Milliy taraqqiyot kengaşi kotibiyatining milliy maslahatçisi Xayriniso Rasulova Özbekistondagi islohotlarga qiziqiş katta ekanini qayd etdi. U strategik fikrlay oladigan va zamonaviy muammolarni hisobga oladigan yoşlarni tayyorlaş muhimligini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, bunday uçraşuvlar doimiy muloqot maydoniga aylanib, mintaqa rivojiga hissa qöşişi mumkin.
Qozoğiston Xalq kengaşi kotibiyatining jamoat birlaşmalari bilan hamkorlik sektori rahbari Dinara Sadvakasova ham iştirokçilar uçun Özbekistonning yoşlar bilan işlaşga doir yondaşuvlari bilan tanişiş qiziqarli bölganini bildirdi. U «Yoş yetakçilar» dasturi özaro anglaşuvni mustahkamlaş, xalq diplomatiyasini rivojlantiriş va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirişga xizmat qilişiga işonç bildirdi.
Dastur iştirokçilari ham uçraşuvdan olgan taassurotlari bilan örtoqlaşib, kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.