Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashdi va unga O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalarini hamda uzoq yillik do‘stlik va sheriklik munosabatlari bilan bog‘langan ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yana-da mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidentiga samimiy qabul, O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan eʼtibor va ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi birodarlik aloqalarini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.