Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev 2026 yil 15 oktyabr kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha bosh direktori N. Uigan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasidagi munosabatlarning joriy holati hamda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.