Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston parlamenti delegatsiyasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boşçiligida Tojikiston raisligida Duşanbe şahrida bölib ötgan Markaziy Osiyo davlatlarining IV parlamentlararo forumida iştirok etdi.
«Markaziy Osiyoda tinçlik, xavfsizlik va farovonlik yölida birlik» mavzusidagi forum mintaqadagi mamlakatlar parlamentlari rahbarlari va delegatsiyalarini birlaştirdi.
Tadbirda sözga çiqqan Tanzila Narbayeva Markaziy Osiyoda tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, özaro işonç va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş hamda parlamentlararo hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça takliflarni ilgari surdi. U suv va energetika resurslaridan oqilona foydalaniş masalasiga ham alohida e’tibor qaratdi.
Forum iştirokçilari mintaqada özaro işonç va yaxşi qöşniçilik muhitini mustahkamlaşda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
Şu munosabat bilan erişilgan kelişuvlarni izçil amalga oşiriş, umumiy xavfsizlik tahdidlariga qarşi kuraşiş va qonunçilik sohasidagi tajriba almaşinuvini ta’minlaşda parlamentlarning örni alohida qayd etildi.
Mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yönalişlari qatorida özaro savdo hajmini oşiriş, transport yölaklarini rivojlantiriş, mintaqalararo aloqalarni kengaytiriş, suv va energetika resurslaridan oqilona foydalaniş hamda yaşil iqtisodiyotni rivojlantiriş masalalari ham belgilandi.
Bundan taşqari, qonunçilik sohasidagi hamkorlik istiqbollari, parlament nazoratini kuçaytiriş, mahalliy vakillik organlari örtasidagi aloqalarni faollaştiriş hamda mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar böyiça qöşma parlament muhokamalarini ötkaziş masalalari muhokama qilindi.
Forum yakunida iştirokçilar Markaziy Osiyoda tinçlik va barqarorlikni yana-da mustahkamlaş, yaxşi qöşniçilik munosabatlarini rivojlantiriş va parlamentlararo hamkorlikni kengaytiriş yuzasidan fikr almaşdilar.