Özbekiston

Özbekiston COP31 konferensiyasida xavfli çiqindilarni qayta işlaş loyihalarini taqdim etdi

Özbekiston COP31 konferensiyasida xavfli çiqindilarni qayta işlaş loyihalarini taqdim etdi
Özbekiston COP31 konferensiyasida xavfli çiqindilarni qayta işlaş loyihalarini taqdim etdi / Foto: Çiqindilarni boşqariş va aylanma iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Antalyada ötkazilayotgan COP31 konferensiyasida zaharli kimyoviy çiqindilar va işlatilgan sanoat katalizatorlarini qayta işlaş böyiça loyihalarni taqdim etdi.

Taqdimot 8 noyabrdan 20 noyabrga qadar faoliyat yuritayotgan mamlakat milliy pavilyonida ötkazilmoqda. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi xabar berdi.

Takliflardan biri zaharli kimyoviy çiqindilarni qayta işlaş va utilizatsiya qilişga ixtisoslaşgan korxona taşkil etişni nazarda tutadi. Uşbu texnologiya xavfli organik birikmalarni yuqori haroratda parçalaş va hosil bölgan gazlarni keyingi bosqiçlarda kompleks tozalaşni öz içiga oladi.

Aralaş sanoat kimyoviy çiqindilarini qayta işlaş yeçimlaridan biri sifatida gazlarni tozalaşning kompleks tizimi bilan jihozlangan aylanma barabanli peçda yuqori haroratda yoqiş usuli taklif etilmoqda.

Ikkinçi loyiha işlatilgan sanoat katalizatorlarini qayta işlaş korxonasini taşkil etişga qaratilgan. Taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, reaktordan çiqadigan gazlar va işlatilgan havo ikkita skrubber qurilmasidan ötkaziladi.

Tozalaş jarayonidan söng havo atmosferaga çiqariladi.

Agentlik ta’kidlaşiça, Özbekistonning COP31 konferensiyasidagi milliy pavilyoni fikr almaşiş, yangi hamkorlik aloqalarini örnatiş hamda iqlim böyiça majburiyatlarni bajarişga qaratilgan amaliy çora-tadbirlarni muhokama qiliş maydoni vazifasini ötamoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.