Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonning yirik korxonalari tomonidan 22,6 trln sömlik elektr uskunalari işlab çiqarildi.
Bu körsatkiç 2025 yilning mos davriga nisbatan 11 foizga oşdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Işlab çiqarilgan mahsulotlarning eng katta qismi Toşkent şahri hissasiga töğri keldi — 12 trln söm. Ikkinçi örinda 4,6 trln sömlik körsatkiç bilan Toşkent viloyati joylaşdi. Andijon viloyatida esa işlab çiqariş hajmi 1,6 trln sömni taşkil etdi.
Namangan va Samarqand viloyatlarida mos ravişda 1,3 trln va 1,2 trln sömlik elektr uskunalari işlab çiqarildi. Jizzax viloyatida bu körsatkiç 967,5 mlrd sömga, Farğona viloyatida esa 513,8 mlrd sömga yetdi.
Navoiy viloyatida işlab çiqariş hajmi 260,2 mlrd sömni, Sirdaryo viloyatida 33,6 mlrd sömni, Xorazm viloyatida esa 69,3 mlrd sömni taşkil qildi.
Yirik korxonalar Qaşqadaryo viloyatida 9,8 mlrd sömlik, Buxoro viloyatida 8,6 mlrd sömlik, Surxondaryo viloyatida esa 6,1 mlrd sömlik elektr uskunalari işlab çiqardi. Qoraqalpoğiston Respublikasida uşbu körsatkiç 2,3 mlrd sömni taşkil etdi.