Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda issiqxona gazlari çiqindilarini monitoring qiliş, hisobot beriş va verifikatsiyalaş (MRV) tizimidan uglerod narxini belgilaş hamda sanoatni dekarbonizatsiya qilişning milliy mexanizmlariga ötiş masalalari muhokama qilindi. Bu mavzuga bağişlangan seminar 3 noyabr kuni vazirliklar, idoralar va sanoat korxonalari vakillari iştirokida bölib ötdi.
Tadbirni Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi, vazirlik huzuridagi «Yaşil iqtisodiyot» loyihalari markazi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) «Yaşil industriallaştiriş» loyihasi doirasida taşkil etdi. Seminarda xalqaro ekspert Zolt Lengel iştirok etdi.
Iştirokçilar asosiy e’tiborni sanoatni modernizatsiya qiliş, dekarbonizatsiya jarayonini jadallaştiriş va Özbekistonning milliy iqlim majburiyatlarini (NDC) bajariş maqsadida çiqindilar savdosi tizimi (ETS) hamda uglerod narxini belgilaş mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etişga qaratdi.
Seminar davomida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining MRV tizimlari va uglerod çiqindilarini tartibga soliş mexanizmlarini joriy etiş böyiça tajribasi körib çiqildi. Germaniyaning DEHSt idorasi misolida iştirokçilarga çiqindilar savdosi tizimining işlaş tamoyillari, ma’lumotlar bazalarini yuritiş, ma’lumotlarni monitoring qiliş va mustaqil tekşiriş, şuningdek, kvotalarni, jumladan, auksionlar orqali taqsimlaş tartibi taqdim etildi.
Çiqindilar uçun belgilanadigan kvotalar bilan alohida loyihalar asosida şakllantiriladigan uglerod kreditlari örtasidagi farqlar, şuningdek, ikki karra hisobga olişning oldini oliş usullari ham alohida muhokama qilindi.
Iştirokçilar uglerod narxini belgilaşdan tuşadigan mablağlarni sanoatni dekarbonizatsiya qiliş va yaşil investitsiyalarni rağbatlantirişga yönaltiriş imkoniyatlarini ham körib çiqdi.
Yana bir mavzu Yevropa Ittifoqining çegaralararo uglerod tartibga soliş mexanizmi (CBAM) va uning özbekistonlik işlab çiqaruvçilar raqobatbardoşligiga ta’siri böldi. Bunda, birinçi navbatda, mineral öğitlar va boşqa eksportbop mahsulotlar işlab çiqaruvçi korxonalarga e’tibor qaratildi. Şuningdek, uglerod tölovlaridan tuşadigan mablağlarni mamlakat iqtisodiyotida saqlab qoliş imkonini beruvçi çoralar muhokama qilindi.
Seminar yakunlari böyiça korxonalar darajasida çiqindilar haqidagi işonçli tarixiy ma’lumotlar bazasini şakllantiriş zarurligi ta’kidlandi.
Bunday ma’lumotlar kvotalarni taqsimlaş qoidalarini işlab çiqiş va uglerod narxini belgilaşning milliy mexanizmlarini joriy etiş uçun asos bölib xizmat qilişi kerak.