Iqtisod

Farğona viloyatida xitoylik investorlar bilan şamol elektr stansiyasi quriş imkoniyatlari örganilmoqda

Farğona viloyatida xitoylik investorlar bilan şamol elektr stansiyasi quriş imkoniyatlari örganilmoqda
Farğona viloyatida xitoylik investorlar bilan şamol elektr stansiyasi quriş imkoniyatlari örganilmoqda / Foto: Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyati hokimligi Xitoyning SPIC International kompaniyasi delegatsiyasi bilan hududda şamol elektr stansiyasini quriş istiqbollarini muhokama qildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kompaniyaning Markaziy Osiyo böyiça boş direktori örinbosari Yan Şivey boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş va şamol elektr stansiyasi qurilişi loyihasiga investitsiyalar jalb qiliş masalalarini körib çiqdi.

Xitoy kompaniyasi vakillari Xitoy va boşqa mamlakatlarda amalga oşirilgan energetika loyihalari, şuningdek, obyektlar qurilişi sifati, samaradorligi va xavfsizligini ta’minlaş böyiça tajribalari haqida ma’lumot berdi.

Xayrullo Bozarov şamol energetikasini rivojlantiriş elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qondiriş, an’anaviy yoqilği resurslarini tejaş va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirişda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar soha mutaxassislari iştirokida hududning salohiyati va imkoniyatlarini qöşimça örganiş, loyihani amalga oşirişning keyingi bosqiçlarini belgilaş hamda hamkorlikni rivojlantiriş çoralarini kelişib olişga qaror qildi.

Xabarda şamol elektr stansiyasi qurilişining aniq muddatlari va rejalaştirilayotgan investitsiyalar hajmi ma’lum qilinmagan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.