Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 oktyabr holatiga köra, Özbekiston tijorat banklarining sof foydasi 15,26 trln sömni taşkil etdi. Bu bir yil avvalgi körsatkiçdan 40,3 foizga köp. 2025 yil 1 oktyabr holatida uşbu körsatkiç 10,88 trln sömga teng bölgan. Bu haqda Özbekiston Markaziy banki xabar berdi.
Soliq tölanguniga qadar bölgan foyda 34,8 foizga oşib, 17,44 trln sömga yetdi. Foyda soliğini tölaş xarajatlari esa ança kam sur’atda — 5,8 foizga ösib, 2,19 trln sömni taşkil qildi.
Banklarning foizli daromadlari 18,5 foizga ösib, 110,4 trln sömga yetdi. Foizli xarajatlar esa tezroq ösdi — 21,4 foizga oşib, 79,2 trln sömni taşkil etdi. Natijada sof foizli marja 11,8 foizga köpayib, 31,3 trln sömga yetdi.
Foyda ösişiga asosiy hissani foizsiz daromadlar qöşdi. Ular 44,3 foizga ösib, 76,2 trln sömni taşkil etdi. Foizsiz xarajatlar esa 32,7 foizga oşib, 26,5 trln sömga yetdi. Banklarning foizsiz sof daromadi 1,9 barobarga köpayib, 23,4 trln sömni taşkil qildi.
Banklarning xarajatlari ham ösdi. Operatsion xarajatlar 27,3 foizga oşib, 26,3 trln sömga yetdi. Kreditlar va lizing böyiça ehtimoliy yöqotişlarni baholaş xarajatlari 34 foizga köpayib, 24,9 trln sömni taşkil qildi. Kredit bilan boğliq bölmagan yöqotişlarni baholaş xarajatlari esa 42,9 foizga oşib, 12,3 trln sömga yetdi.
Samaradorlik körsatkiçlari yaxşilandi. Aktivlar rentabelligi (ROA) 2,1 foizdan 2,37 foizga, kapital rentabelligi (ROE) esa 11,8 foizdan 14,1 foizga kötarildi. Şu bilan birga, sof foizli marjaning jami aktivlarga nisbati 4,53 foizdan 4,24 foizga, sof foizli daromadning aktivlarga nisbati esa 4,3 foizdan 3,99 foizga pasaydi.
Banklar sektori umumiy foydasining uçdan ikki qismi eng yirik banklar hissasiga töğri keldi. Aktivlari 30 trln sömdan ortiq bölgan 12 ta bank jami 10,3 trln söm foyda oldi. Bu sektorning umumiy natijasining 67,5 foizini taşkil etadi. Uşbu banklarda kapital rentabelligi 12,35 foizga teng böldi.
Kapital rentabelligining eng yuqori körsatkiçlari örta hajmdagi banklarda qayd etildi. Aktivlari 3 trln sömdan 10 trln sömgaça bölgan oltita bankda ROE 23,65 foizni, aktivlari 10 trln sömdan 30 trln sömgaça bölgan 11 ta bankda esa 20,8 foizni taşkil qildi.
Oxirgi guruhdagi banklar 3,93 trln söm foyda oldi. Aktivlari 3 trln sömgaça bölgan eng kiçik oltita bankning jami foydasi 38,8 mlrd sömni taşkil etdi. Ularda kapital rentabelligi 1,96 foizga teng böldi.