Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda maişiy çiqindilarni boşqariş sohasini raqamlaştiriş işlari davom etmoqda.
Yagona Toza makon billing tizimi fuqarolarga çiqindilarni olib çiqiş xizmatlari uçun haq tölaş, hisoblangan summalarni tekşiriş va şaxsiy hisobvaraqlar holatini nazorat qiliş imkonini bermoqda. Keyingi bosqiçda ixtisoslaştirilgan texnikalar harakatini onlayn kuzatiş tizimini joriy etiş rejalaştirilgan.
Toza makon tizimi davlat organlari va taşkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Buning natijasida aholi qattiq maişiy çiqindilarni olib çiqiş xizmatlari uçun mavjud elektron tölov vositalari orqali haq tölaşi mumkin.
Foydalanuvçilar uçun Toza makon mobil ilovasi ham işlab çiqilgan. U orqali hisoblangan tölovlarni tekşiriş, qarzdorlik mavjudligini biliş, tölovlarni kuzatiş va şaxsiy hisobvaraq böyiça ma’lumotlarni köriş mumkin.
2025 yil noyabr oyidan boşlab Özbekiston Respublikasining ÖRQ-1044-son qonuniga muvofiq, çiqindilarni olib çiqiş xizmati uçun qarzdorlik mavjud bölgan holatlarda elektr ta’minoti bilan boğliq çeklovlarni qöllaş mexanizmi amal qilmoqda.
Fuqarolarning murojaatlarini qabul qiliş uçun agentlik huzurida 1205 qisqa raqami orqali keça-yu kunduz işlaydigan koll-markaz taşkil etilgan.
Kelib tuşgan murojaatlar yuzaga kelgan muammolarni tezkor hal qiliş maqsadida körib çiqiladi. Imkon qadar, ular murojaat kelib tuşgan kunning özida hal etiladi.
Ayni paytda çiqindi taşuvçi maşinalarning xizmat körsatiladigan hududlarga çiqişini va tasdiqlangan harakat jadvallariga rioya etilişini real vaqt rejimida nazorat qiliş imkonini beradigan monitoring tizimi ustida iş olib borilmoqda.
Kelgusida aholi mobil ilova va Telegram-bot orqali öz hududiga xizmat körsatuvçi çiqindi taşiş texnikasining harakatini kuzatişi hamda maşinalar yaqinlaşayotgani haqida xabarnomalar olişi mumkin böladi. Tizim xizmatlar sifatini nazorat qiliş va sanitariya tozalaş korxonalari faoliyatini baholaşni ham nazarda tutadi.
Bundan taşqari, billing tizimida körsatilgan xizmatlar hisobini takomillaştiriş rejalaştirilgan. Bunda nazorat asosan geografik hududlar böyiça emas, balki fuqarolarning aniq yaşaş manzillari va çiqindi töplaş nuqtalari böyiça yuritiladi.
Xizmatlar amalda körsatilmagan holatlar uçun alohida tartib belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 95-son qaroriga muvofiq, belgilangan tartibda çiqindi olib çiqilmagan davrlar uçun tölov qayta hisob-kitob qilinişi lozim.