Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda 28–29 oktyabr kunlari savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş va investitsiyalarni jalb etişga qaratilgan Özbekiston — Gruziya biznes-missiyasi bölib ötmoqda.
Tadbir Özbekistonning Ozarbayjon va Gruziyadagi elçixonasi tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi kömagida taşkil etildi.
Biznes-missiyada Gruziya işbilarmon doiralari vakillari, jumladan, Gruziya Investitsiyalar palatasi, Tbilisi erkin sanoat zonasi hamda Business Şop, EurAsia Gulf, PB Service, Blanco, GWG Development va WeGroup kompaniyalari iştirok etmoqda. Muzokaralarga Özbekistonning tegişli idoralari va korxonalari vakillari ham jalb qilingan.
Muhokamalarning asosiy mavzulari özaro savdoni rivojlantiriş, sanoat sohasidagi hamkorlik, investitsiyalarni jalb etiş va qöşma biznes taşabbuslarini tayyorlaşdan iborat böldi.
Dasturdan Gruziya kompaniyalarining taqdimotlari, B2B va B2G formatlarida töğridan-töğri muzokaralar, şuningdek, Yangi Toşkent va IT Park Uzbekistan hududlariga taşriflar örin olgan. Iştirokçilar Özbekistonning investitsiya imkoniyatlari va infratuzilmasi bilan tanişadi.
Taşkilotçilar ikki mamlakat tadbirkorlari örtasidagi işbilarmonlik aloqalari istiqbolli qöşma loyihalarni işlab çiqişga va iqtisodiy şeriklikni yana-da mustahkamlaşga xizmat qilişini kutmoqda.