Shoshilinch
Iqtisod

Qatarlik investorlar Özbekistonga sarmoya kiritiş imkoniyatlarini örganmoqdaQatarlik investorlar Özbekistonga sarmoya kiritiş imkoniyatlarini örganmoqda

Qatarlik investorlar Özbekistonga sarmoya kiritiş imkoniyatlarini örganmoqdaQatarlik investorlar Özbekistonga sarmoya kiritiş imkoniyatlarini örganmoqda
Qatarlik investorlar Özbekistonga sarmoya kiritiş imkoniyatlarini örganmoqda / Foto: Davlat aktivlarini boşqariş agentligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Qatarning Artan Holding kompaniyasi va City University Qatar Özbekistonga sarmoya kiritiş imkoniyatlarini, jumladan, davlat aktivlarini sotib oliş va xalqaro darajadagi universitet oçiş masalalarini örganmoqda. Bu masalalar Özbekiston Davlat aktivlarini boşqariş agentligi (DABA)da bölib ötgan uçraşuvda muhokama qilindi.

Uçraşuvda agentlik direktorining örinbosari Alişer Miraliyev, Artan Holding vakillari hamda City University Qatar prezidenti, professor Faris Goraşi Faris iştirok etdi.

Tomonlar Qatar kompaniyasining davlat aktivlarini xususiylaştiriş jarayonida iştirok etiş imkoniyatlarini körib çiqdi. Bunda Toşkent şahridagi köçmas mulk obyektlari, şuningdek, «Yangi Toşkent» hududidagi yer uçastkalarini sotib oliş masalalariga e’tibor qaratildi.

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantiriş istiqbollari ham alohida muhokama qilindi. Artan Holding va City University Qatar vakillari Özbekistonda xalqaro darajadagi universitet oçiş imkoniyatlarini örganişdan manfaatdor ekanini bildirdi. Qatar tomoni loyihani amalga oşiriş uçun ehtimoliy maydonlar va köçmas mulk obyektlarini körib çiqmoqda.

Uçraşuv davomida agentlik vakillari Özbekiston Prezidenti farmonida nazarda tutilgan davlat aktivlarini xususiylaştirişning yangi mexanizmlari haqida ham ma’lumot berdi. Uşbu mexanizmlar obyektlarni imtiyozli şartlarda, foizsiz bölib tölaş yoki töliq tölov amalga oşirilganda çegirma oliş orqali sotib oliş imkonini beradi.

Jumladan, obyekt qiymatining 35 foizi uç oy içida dastlabki tölov sifatida tölansa, qolgan summani beş yilgaça bölgan muddatda foizsiz bölib tölaş mumkin.

Agar dastlabki tölov miqdori obyekt qiymatining 50 foizini taşkil etsa va olti oy içida amalga oşirilsa, qolgan summani foizsiz bölib tölaş muddati yetti yilgaça yetişi mumkin. Obyekt qiymati olti oy içida töliq tölangan taqdirda, xaridorga uning umumiy qiymatidan 25 foiz çegirma beriladi.

Uçraşuv yakunida tomonlar Artan Holding va City University Qatar vakillari uçun elektron auksionga qöyilgan obyektlar bilan tanişuvni taşkil etişga kelişib oldi. Şuningdek, ta’lim loyihasini amalga oşiriş rejalarini hisobga olgan holda «Yangi Toşkent» hududidagi mavjud yer uçastkalarini körib çiqişga kelişildi.

Artan Holding — 1997 yilda taşkil etilgan Qatar kompaniyasi. Uning asosiy faoliyat yönalişlari ta’lim, köçmas mulk, muhandislik, energetika va infratuzilmani rivojlantirişdan iborat.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.