7
Iqtisod

O‘zbekistonda yashil energiya ishlab chiqarish 9,1 mlrd kVt·soatga yetdi

O‘zbekistonda yashil energiya ishlab chiqarish 9,1 mlrd kVt·soatga yetdi
O‘zbekistonda yashil energiya ishlab chiqarish 9,1 mlrd kVt·soatga yetdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda yashil energiya ishlab chiqarish hajmi 9,1 mlrd kVt·soatga yetdi. So‘nggi to‘rt yil davomida ushbu yo‘nalishni rivojlantirish hisobiga 6,5 mlrd kub metrdan ortiq tabiiy gaz tejaldi va atmosferaga 14,5 mln tonnadan ziyod zararli gazlar chiqarilishining oldi olindi.

Qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish hajmining o‘sishi mamlakat yoqilg‘i-energetika sektorida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar fonida kuzatilmoqda. Tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilmoqda, energetika tizimini rivojlantirish esa yashil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, raqamlashtirish va samaradorlikni oshirishga yo‘naltirilgan.

O‘zgarishlar ko‘lamini energiya ishlab chiqarish dinamikasi ham aks ettiradi. Agar 2022 yilda O‘zbekistonda 434 mln kVt·soat yashil energiya ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2026 yilning dastlabki sakkiz oyida bu ko‘rsatkich 9,1 mlrd kVt·soatni tashkil etdi.

Mamlakatda «Quyoshli xonadon» dasturini amalga oshirish ham jadallashmoqda. Ushbu dastur doirasida davlat 2021 yildan buyon xonadonlarda quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini sotib olib kelmoqda.

2024 yilda elektr energiyasini tarmoqqa uzatgani uchun 10 mingdan ortiq fuqaroga to‘lovlar amalga oshirildi. O‘tkazilgan mablag‘larning umumiy miqdori 12,1 mln so‘mni tashkil etdi.

2026 yil yanvar–iyun oylarida to‘lov oluvchilar soni qariyb 70 ming kishiga yetdi, to‘lovlarning umumiy hajmi esa 330,8 mlrd so‘mni tashkil qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.