7
Iqtisod

Farg‘ona viloyati hokimi Kam Air bilan aviakompaniya tashkil etishni muhokama qildi

Farg‘ona viloyati hokimi Kam Air bilan aviakompaniya tashkil etishni muhokama qildi
Farg‘ona viloyati hokimi Kam Air bilan aviakompaniya tashkil etishni muhokama qildi / Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Afg‘onistonning Kam Air kompaniyasi rahbari Omar Muhammad Sulaymon bilan hududda yangi xalqaro aviakompaniya tashkil etish loyihasini tayyorlash masalasini muhokama qildi.

Tomonlar avval taklif etilgan tashabbusni amalga oshirish jarayoni, tashkiliy masalalar hamda loyihani amaliy bosqichga o‘tkazish uchun keyingi qadamlarni ko‘rib chiqdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi xabar berdi.

Uchrashuvda Farg‘ona viloyati va Afg‘oniston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik kengayib borayotgani ham qayd etildi.

Uchrashuv ishtirokchilari loyihani rivojlantirish imkoniyatlari va uni amalga oshirish shartlarini har tomonlama o‘rganish zarurati yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, ishlarni xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etish, tegishli tashkilotlar va mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur chora-tadbirlarni tayyorlashda ko‘maklashishni davom ettirish niyati tasdiqlandi. Tomonlar keyingi qadamlarni belgilab oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.