Shoshilinch
Iqtisod

O‘zbekiston va JICA hamkorlikning yangi loyihalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va JICA hamkorlikning yangi loyihalarini muhokama qildi
O‘zbekiston va JICA hamkorlikning yangi loyihalarini muhokama qildi / Foto: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 9 oktyabr kuni O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Xurshed Mustafayev Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Delegatsiyaga agentlik ijrochi vitse-prezidenti, barqaror rivojlanish bo‘yicha bosh direktori Katsura Miyadzaki boshchilik qildi.

Muzokaralarda, shuningdek, JICAning Markaziy va Sharqiy Osiyo hamda Kavkaz bo‘yicha departamenti katta direktorining o‘rinbosari Masayoshi Takexara, xususiy sektorni rivojlantirish guruhi direktori Yosito Urano, agentlikning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Mamoru Sakai va JICAning boshqa vakillari ishtirok etdi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va uni yana-da rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi. Asosiy eʼtibor O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash, texnik ko‘makni kengaytirish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni tayyorlashga qaratildi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan «Bir qishloq — bir mahsulot» (OVOP) tashabbusi alohida muhokama qilindi. Uchrashuv ishtirokchilari mahsulotlarni qayta ishlash va qadoqlash imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ularni o‘z brendlari ostida ilgari surish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Bundan tashqari, tomonlar transport infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, shuningdek, ijtimoiy soha va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni davom ettirish, fikr almashinuvini kengaytirish hamda O‘zbekiston va JICA o‘rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirishga kelishib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.