Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Ozarbayjon Turkiy investitsiya fondi (TIF) Boşqaruvçilar kengaşiga navbatdagi yillik yiğilişga qadar raislik qiladi.
Bu haqda Ozarbayjon, Vengriya, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya va Özbekiston vakillari iştirokida ötkazilgan kengaşning uçinçi yiğilişida qaror qabul qilindi.
Uçraşuvda Özbekiston nomidan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari Xurram Teşabayev iştirok etdi.
Yiğilişda fond faoliyati natijalari sarhisob qilindi va uning kelgusi iş yönalişlari böyiça ustuvor vazifalar belgilandi. Asosiy e’tibor investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş kölamini kengaytiriş, qöşimça resurslarni jalb qiliş va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlaşga qaratildi.
Tomonlar transport-logistika infratuzilmasi, sanoat kooperatsiyasi, energetika va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş sohalaridagi loyihalar portfelini şakllantiriş istiqbollarini ham körib çiqdi.
Muhokamalarning alohida qismi Turkiy investitsiya fondida korporativ boşqaruvni takomillaştiriş, operatsion samaradorlikni oşiriş va fondning boşqaruv organlari örtasidagi vakolatlarni aniq belgilaş masalalariga bağişlandi.
Yiğiliş yakunida iştirokçilar TIF faoliyatini yana-da rivojlantiriş va qöşma investitsiya taşabbuslarini ilgari suriş böyiça keyingi qadamlarni belgilab oldi.