Özbekiston

Özbekiston va Vyetnam taşqi işlar vazirlari hamkorlikni muhokama qildi

Özbekiston va Vyetnam taşqi işlar vazirlari hamkorlikni muhokama qildi
Özbekiston va Vyetnam taşqi işlar vazirlari hamkorlikni muhokama qildi / Foto: Özbekiston Taşqi işlar vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov 3 noyabr kuni Vyetnam taşqi işlar vaziri Le Xoay Çung bilan telefon orqali muloqot ötkazdi.

Özbekiston taşqi siyosat idorasi rahbari ma’lum qilişiça, suhbat davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlaş, siyosiy muloqotni faollaştiriş va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.

Özaro manfaatli sohalarda amaliy hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, turistik aloqalar va madaniy-gumanitar almaşinuvni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.

Taşqi işlar vazirlari BMT va boşqa xalqaro taşkilotlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almaşdi.

Muloqot yakunlari böyiça tomonlar Özbekiston va Vyetnam örtasidagi döstona munosabatlarni rivojlantirişni davom ettiriş hamda ularni aniq amaliy natijalar bilan boyitişga tayyor ekanini tasdiqladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.