Iqtisod

“Özkimyosanoat” töqqiz oyda işlab çiqarişni 10,2 foizga oşirdi

“Özkimyosanoat” töqqiz oyda işlab çiqarişni 10,2 foizga oşirdi
“Özkimyosanoat” töqqiz oyda işlab çiqarişni 10,2 foizga oşirdi / Foto: “Özkimyosanoat” AJ.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özkimyosanoat” AJ“Özkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida 2026 yil yanvar–sentyabr oylarida 20,7 trln sömlik sanoat mahsulotlari işlab çiqarildi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 10,2 foizga köp.

Kompaniya ma’lumotlariga köra, töqqiz oylik işlab çiqariş körsatkiçi belgilangan rejaning 114,3 foizini taşkil etdi.

Hisobot davrida xolding korxonalari jami 1,0519 mln tonna mineral öğit işlab çiqardi. Şundan 809,7 ming tonnasi azotli, 85,4 ming tonnasi fosforli va 156,9 ming tonnasi kaliyli öğitlar hissasiga töğri keldi.

Şuningdek, kimyo va sanoat mahsulotlarining boşqa bir qator turlarini işlab çiqariş hajmi ham oşdi.

Jumladan, avtomobil şinalari işlab çiqariş 146 ming donaga, konveyer tasmalari 16 ming pogon metrga, superfosfat 113 ming tonnaga, kaustik soda 8 ming tonnaga, polivinilxlorid (PVX) esa 11 ming tonnaga oşdi.

“Özkimyosanoat”da işlab çiqariş hajmlarini köpaytiriş, mahsulotlar turini kengaytiriş va kimyo sanoatining işlab çiqariş salohiyatini mustahkamlaş böyiça işlar davom ettirilayotgani ma’lum qilindi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.