Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boşçiligidagi delegatsiya savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, mintaqalararo aloqalarni mustahkamlaş maqsadida işçi taşrif bilan Belarusga bordi.
Taşrif dasturidan Belarus davlat idoralari va rasmiy doiralari vakillari bilan uçraşuvlar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar, biznes-forum hamda B2B formatida ikki tomonlama uçraşuvlar ötkaziş örin olgan.
Tomonlar özaro manfaatli hamkorlik istiqbollari, savdo aloqalarini kengaytiriş va yangi qöşma loyihalarni işga tuşiriş masalalarini muhokama qilişni rejalaştirmoqda.
Bundan taşqari, Farğona viloyati delegatsiyasi Belarusning yirik korxonalari, jumladan, sanoat, qişloq xöjaligi va yuqori texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvçi işlab çiqariş obyektlari işi bilan tanişadi.
Tajriba almaşinuvi ikki mamlakat mintaqalari örtasida amaliy hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilaş imkonini berişi kutilmoqda.