Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — IT Park Ventures NVIDIA VC Alliance dasturiga qöşildi va Notion for Startups dasturining hamkoriga aylandi.
Yangi hamkorliklar fond portfelidagi startaplarga mahsulotlar işlab çiqiş, jamoaviy işni taşkil etiş va biznesni kengaytiriş uçun qöşimça imkoniyatlar taqdim etadi.
NVIDIA VC Alliance doirasida IT Park Ventures öz portfelidagi kompaniyalarni sun’iy intellekt sohasidagi startaplarga möljallangan NVIDIA Inception dasturida iştirok etiş uçun tavsiya qiliş imkoniyatiga ega böladi.
NVIDIA Inception iştirokçilari NVIDIA işlab çiqiş vositalari va öquv materiallari, texnik maslahatlar, bozorga çiqiş uçun resurslar, bulutli xizmatlardan foydalaniş kreditlari, şuningdek, hamkorlarning maxsus narxlari va takliflaridan foydalanişlari mumkin.
IT Park Ventures tomonidan tavsiya etilgan startaplarning arizalari tezlaştirilgan tartibda körib çiqiladi. Biroq dasturga qabul qiliş böyiça yakuniy qarorni NVIDIA qabul qiladi.
Dastur 10 yildan kam vaqt oldin taşkil etilgan va röyxatdan ötgan AI-startaplarga möljallangan. Bunday startaplar jamoasida asosçidan taşqari kamida bitta dasturçi bölişi kerak. Konsalting kompaniyalari, buyurtma asosida dasturiy mahsulot işlab çiquvçi studiyalar, bulutli xizmatlar provayderlari, resellerlar va kriptovalyuta kompaniyalari dasturda iştirok etiş talablariga javob bermaydi.
Notion bilan tuzilgan ikkinçi hamkorlik startaplarga Notion AI funksiyasi kiritilgan Notion Business tarifidan olti oy davomida bepul foydalaniş imkonini beradi. Uşbu servisdan loyihalarni boşqariş, bilimlar bazasini yaratiş va hamkorlikdagi işni taşkil etiş uçun foydalaniş mumkin.
Taklif xodimlari soni 100 nafardan kam bölgan, avval Notion‘ning pullik obunasidan foydalanmagan va dasturning boşqa talablariga javob beradigan startaplarga taalluqli. Har bir ariza alohida körib çiqiladi.
Har ikki imkoniyatdan faqat IT Park Ventures portfelidagi kompaniyalar foydalanişi mumkin. Iştirok etiş şartlari va ariza topşiriş tartibi haqida batafsil ma’lumot oliş uçun startaplar fond jamoasiga murojaat qilişi kerak.
IT Park Ventures, şuningdek, fond portfelidan joy oliş va xalqaro qöllab-quvvatlaş dasturlaridan foydalaniş uçun startaplarni investitsiyaga ariza topşirişga taklif qilmoqda.