Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Rosatom” davlat korporatsiyasi olimlari Özbekistondagi Nurlikon konida joylaşgan litiy tarkibli slyudali rudalarni çiqindisiz qayta işlaş texnologiyasini işlab çiqdi. Yangi usul litiyning 94,44 foizini tayyor mahsulot tarkibida ajratib oliş, şuningdek, sanoat çiqindilaridan işlab çiqariş jarayonida foydalaniş imkonini beradi. Bu haqda davlat korporatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Texnologiyani “Rosatom”ning ilmiy divizioni tarkibiga kiruvçi “Giredmet” AJ mutaxassislari yaratgan. U litiy oksidi miqdori taxminan 0,5 foiz bölgan rudani qayta işlaşga möljallangan.
Işlab çiquvçilar ta’kidlaşiça, an’anaviy boyitiş usullari mineral va uni örab turgan toğ jinslarini xossalari öxşaşligi sababli samarali ajratiş imkonini bermaydi. Xomaşyo tarkibida karbonatlar miqdorining yuqoriligi ham qöşimça qiyinçiliklar tuğdiradi.
Yangi texnologiyaning öziga xos jihatlaridan biri — qayta işlaşning oraliq bosqiçida xomaşyo sifatida Olmaliq kimyo zavodining sanoat çiqindisi hisoblangan fosfogipsdan foydalanişdir. Bu har yili taxminan 225 ming tonna şunday çiqindini utilizatsiya qiliş imkonini beradi.
Loyihaning rudani qayta işlaş böyiça yillik quvvati 750 ming tonnani taşkil etadi. “Giredmet” AJ baholaşiga köra, bu yuqori tozalik darajasiga ega bölgan “XÇ” markali 8,5 ming tonnadan ortiq litiy karbonati işlab çiqarişni ta’minlaydi.
Texnologiya suyuq va qattiq çiqindilar hosil bölişini töliq istisno qilişni nazarda tutadi. Qayta işlaş jarayonida hosil böladigan qoldiqlardan sement sanoati uçun xomaşyo sifatida foydalaniş rejalaştirilgan.
«Biz çiqindisiz modelni yaratişga ongli ravişda intildik. Kam litiyli slyudali rudalar uçun bu nafaqat ekologik talab, balki iqtisodiy zarurat hamdir. Bugungi kunda sanoat çiqindisi hisoblangan fosfogips reagentga, qayta işlaş qoldiqlari esa sement sanoati uçun xomaşyoga aylanadi. Natijada biz yuqori tozalikdagi litiy karbonatini olamiz», — dedi “Giredmet” AJ texnik bölimi boşliği Valeriy Golovko.
Uning sözlariga köra, kelgusi yili texnologiyani sanoat miqyosida joriy etişga tayyorlaş maqsadida tajriba-sanoat sinovlarini ötkaziş rejalaştirilgan.