Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Rossiyaning Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) faoliyatida iştirok etişi imkoniyatini körib çiqiş tarafdori böldi. U Anqarada bölib ötayotgan birlaşmaning 13-sammiti iştirokçilariga şunday taklif bilan murojaat qildi.
Qozoğiston rahbarining fikriça, Moskvaga taşkilotga qöşiliş yoki kuzatuvçi maqomini oliş taklif qilinişi mumkin. Töqayev bunday qadam TDTning xalqaro nufuzini mustahkamlaşga xizmat qiladi, deb hisoblaydi.
Öz taşabbusini asoslar ekan, Qozoğiston Prezidenti Rossiyaning turkiy dunyo bilan tarixiy va madaniy aloqalariga e’tibor qaratdi. Uşbu mamlakat hududida köplab turkiy xalqlar vakillari yaşaşini, ular bilan hamkorlik asrlar davomida davom etib kelayotganini ta’kidladi.
Töqayev, şuningdek, Rossiyaning «Oltoy — turkiy sivilizatsiya beşigi» loyihasini tilga oldi. Uning aytişiça, Qozoğiston uşbu loyihani qöllab-quvvatlaydi. Bundan taşqari, u rus tilida turkiy kelib çiqişga ega sözlar mavjudligiga ham e’tibor qaratdi.
Şu bilan birga, Qozoğiston rahbari Astananing birlaşma xususiyatiga doir pozitsiyasini ham eslatdi.
Uning sözlariga köra, 2026 yil may oyida Turkiston şahrida bölib ötgan TDTning norasmiy sammitida u taşkilot harbiy ittifoq emasligini va kelajakda ham bunday maqomga ega bölmasligi kerakligini ta’kidlagan.
«Bu — Qozoğistonning pozitsiyasi», — dedi Töqayev.