Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonlik tennisçi Kamilla Rahimova Tokioda ötkazilayotgan Toray Pan Pacific Open turnirining yarim finaliga yöl oldi. U çorak final uçraşuvida Avstraliya vakili Mayya Joyntni mağlub etdi.
Uçraşuv 7:5, 5:7, 6:1 hisobida Rahimovaning ğalabasi bilan yakunlandi.
Yarim finalga çiqiş özbekistonlik sportçiga reyting uçun 195 oçko va 66 003 dollar miqdoridagi mukofot pulini kafolatladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, uşbu natijadan söng Rahimova jahon reytingida 45-öringa kötarilişi va ilk bor kuçli 50 tennisçi qatoriga kirişi mumkin.
Uning reytingdagi yakuniy örni rasmiy reyting yangilanganidan keyin ma’lum böladi.