7
Sport

O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlarida uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlarida uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlarida uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari Aichi–Nagoya–2026 Paraosiyo o‘yinlarida paratekvondo bo‘yicha musobaqalarda uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Zuhriddin Tohirov, Kamolaxon Rasulova va Javohir Aliqulov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Erkaklar o‘rtasida 63 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Zuhriddin Tohirov Qozog‘iston vakili ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning bronza medali sohibi bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasida 57 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Kamolaxon Rasulova ham bronza medalini qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan o‘zbekistonlik sportchilar o‘rtasidagi bahsda Rasulova Karima Melikuziyevadan 2:1 hisobida ustun keldi.

O‘zbekistonga yana bir bronza medalini erkaklar o‘rtasida 70 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Javohir Aliqulov keltirdi. U uchinchi o‘rin uchun bahsda Tailand vakili ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.