Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Aichi-Nagoya–2026 Osiyo Parao‘yinlarida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
Erkaklar o‘rtasida S13 toifasida 400 metrga erkin uslubda suzish musobaqasida Dmitriy Xorlin birinchi o‘rinni egalladi, Yegor Bolotov esa marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.
Xorlin masofani 4 daqiqa 21,32 soniyada bosib o‘tib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Bolotov esa 4 daqiqa 21,94 soniya natija ko‘rsatib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yo‘nalishda bronza medali Qatar vakiliga nasib etdi.