Dunyo

AQŞ va Isroil Eronga yangi zarbalar beriş rejasini tayyorlamoqda — OAV

AQŞ va Isroil Eronga yangi zarbalar beriş rejasini tayyorlamoqda — OAV
AQŞ va Isroil Eronga yangi zarbalar beriş rejasini tayyorlamoqda — OAV / Foto: Videodan kadr.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — AQŞ va Isroil diplomatik sa’y-harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uçragan taqdirda Eronga qarşi yangi harbiy operatsiya rejasini işlab çiqmoqda. Bu haqda Axios naşri Amerika va Isroil rasmiylariga tayanib xabar berdi. Portal ma’lumotlariga köra, tomonlar kelişuvga erişa olmasa, ehtimoliy harbiy kampaniya AQŞ Kongressiga oraliq saylovlardan keyin boşlanişi mumkin.

Axios manbalarining ta’kidlaşiça, ittifoqçilar bir haftalik operatsiya ötkaziş imkoniyatini körib çiqmoqda. U doirasida Eronning yadroviy obyektlari, energetika infratuzilmasi va mamlakat oliy rahbariyati vakillariga zarbalar berilişi mumkin. Harakatlarni muvofiqlaştiriş maqsadida AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi (CENTCOM) qömondoni, admiral Bred Kuper Isroil mudofaa armiyasi Boş ştabi boşliği Eyal Zamir bilan uçraşdi.

Ayni paytda mintaqaviy vositaçilar, jumladan, Qatar mojaroning yana-da keskinlaşuviga yöl qöymaslik imkoniyatlarini izlaşda davom etmoqda. Axios ma’lumotlariga köra, ular Tehronni sanksiyalarni qisman yumşatiş evaziga Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) inspektorlarining yadroviy obyektlarga kirişiga ruxsat berişga köndirişga urinmoqda.

Bu jarayon fonida Vaşington Eron bilan muzokaralarni qayta tiklaş uçun diplomatik qadamlar taşlamoqda. The Wall Street Journal ma’lumotlariga köra, AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens prezident Donald Tramp körsatmasiga binoan Eron Oliy milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Muhsin Rizoiyga maktub yuborgan.

Gazeta manbalarining ta’kidlaşiça, Vens tomonlar örtasida muzokaralarni davom ettiriş va Trampni yaqin haftalarda harbiy harakatlarni qayta boşlaşdan voz keçişga işontiriş uçun yetarliça umumiy nuqtalar mavjudligini aniqlaşga harakat qilmoqda.

Naşr ma’lumotlariga köra, maktubda tinçlikka erişiş böyiça aniq takliflar bayon etilmagan.

WSJ şuningdek, Vens omma oldida Eronga qarşi harbiy harakatlarni qöllab-quvvatlayotganiga qaramay, xususiy suhbatlarda operatsiyani davom ettiriş zarurati yuzasidan şubhalar bildirganini qayd etadi.

Avvalroq Tramp AQŞ Kongressiga oraliq saylovlardan keyin Eronga yangi zarbalar berilişi mumkinligini istisno qilmagan edi. Şu tariqa, harbiy ssenariy tayyorlanayotgani haqidagi OAV xabarlari fonida diplomatik aloqalar ham davom etmoqda.

Iyun oyining örtalarida AQŞ va Eron tinçlik jarayoni uçun boşlanğiç nuqta bölişi kerak bölgan memorandumni imzolagan edi.

Biroq keltirilgan ma’lumotlarga köra, uç hafta ötgaç, zarbalar qayta boşlangan. Keyingi mojaroni hal qilişga qaratilgan urinişlar esa hozirgaça kelişuvga olib kelmagan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.