Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postida yuk uchun taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilmagan, dastlabki qiymati 2,225 mlrd so‘mga teng tovarlar aniqlandi.
Yuk avtomobili qo‘shni davlatdan postga yetib kelgan. Bojxona xodimlari hujjatlarni tekshirish jarayonida shubhali holatlarga eʼtibor qaratgan va shundan so‘ng transport vositasini qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tkazish uchun «qizil yo‘lak»ka yo‘naltirgan.
Tekshiruv davomida tashilayotgan tovarlarning bir qismi hujjatlarda aks ettirilmagani maʼlum bo‘ldi.
Ashyoviy dalil sifatida suv nasoslari uchun 4 000 ta gidroakkumulyator hamda bog‘dorchilik va xo‘jalik ishlariga mo‘ljallangan 4 050 ta zanjirli arra olib qo‘yildi.
Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Ayni paytda tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.