Turizm

Marriott International Özbekistonda mehmonxona biznesini rivojlantiriş rejalarini muhokama qildi

Marriott International Özbekistonda mehmonxona biznesini rivojlantiriş rejalarini muhokama qildi
Marriott International Özbekistonda mehmonxona biznesini rivojlantiriş rejalarini muhokama qildi / Foto: Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va xalqaro mehmonxona tarmoği Marriott International turizm va mehmondöstlik sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildi. Uçraşuvda mehmonxona loyihalarini rivojlantiriş, mamlakatni xorijiy bozorlarda tarğib qiliş va sohada malakali mutaxassislar tayyorlaş masalalari körib çiqildi.

Özbekiston Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Akkulovning Marriott International kompaniyasining Şarqiy Yevropa böyiça mintaqaviy vitse-prezidenti Pankaj Birla bilan uçraşuvi Toşkentda bölib ötdi.

Özbekiston tomoni turizm sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, investitsiya muhitini yaxşilaş çoralari hamda xalqaro mehmonxona brendlarini jalb qiliş uçun yaratilgan şart-şaroitlar haqida ma’lumot berdi. Jumladan, investorlar uçun nazarda tutilgan subsidiyalar va imtiyozlar taqdim etildi.

Pankaj Birla kompaniya faoliyati va uni yana-da rivojlantiriş rejalari haqida sözlab berdi. Uning ta’kidlaşiça, Özbekiston va Markaziy Osiyo Marriott International uçun istiqbolli bozorlar hisoblanadi. Uçraşuv iştirokçilari Toşkentda oçilişi rejalaştirilgan The Ritz-Carlton mehmonxonasi loyihasi yuzasidan ham fikr almaşdi.

Muzokaralarning alohida yönalişi Özbekistonga maşhur restoran brendlarini jalb qiliş va gastronomik turizmni rivojlantiriş böldi. Tomonlar, şuningdek, turizm yönalişida tahsil olayotgan talabalar uçun Marriott International mehmonxonalarida ta’lim dasturlari va amaliyotlarni taşkil etiş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Bundan taşqari, mamlakatning turistik salohiyatini tarğib qiliş maqsadida xorijiy blogerlar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiliş masalasi muhokama etildi.

Uçraşuv iştirokçilari Özbekistonning tarixiy-madaniy merosi, gastronomiyasi va turistik yönalişlarini ommalaştiriş uçun Marriott Bonvoy xalqaro sodiqlik dasturining raqamli vositalaridan foydalaniş imkoniyatlarini ham körib çiqdi.

Xorijiy hamkorlar uşbu yönalişda hamkorlikni rivojlantiriş böyiça takliflar tayyorlaşi kutilmoqda.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni davom ettiriş va istiqbolli qöşma taşabbuslarni işlab çiqişga kelişib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.