Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 27,0 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olindi. 2025 yilning şu davrida bu körsatkiç 32,3 mlrd kub metrni taşkil etgan. Kamayiş 16,4 foizga teng böldi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Gaz kondensati işlab çiqariş 14,1 foizga kamayib, 849,2 ming tonnadan 729,2 ming tonnaga tuşdi.
Neft qazib oliş hajmi 482,2 ming tonnani taşkil etdi. Bu ötgan yilning şu davridagi 490,1 ming tonna körsatkiçdan 1,6 foizga kam.
Avtomobil benzini işlab çiqariş 2,6 foizga oşdi: 890,1 ming tonnadan 913,2 ming tonnaga yetdi.
Dizel yoqilğisi işlab çiqariş 11,8 foizga ösib, 876,1 ming tonnadan 979,0 ming tonnaga kötarildi.
Kömir qazib oliş esa 6,9 foizga kamaydi: 5,8 mln tonnadan 5,4 mln tonnaga tuşdi.
2026 yilning dastlabki töqqiz oyida Özbekistonda sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 1 085,7 trln sömni taşkil etdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 8,1 foizga köpdir.