Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil sentyabr oyida O‘zbekistondagi avtomobil yoqilg‘isi quyish shoxobchalari (AYOQSH) orqali amalga oshirilgan savdolardan tushum 3,78 trillion so‘mni tashkil etdi. Bir kundagi o‘rtacha tushum 125,9 milliard so‘mga teng bo‘ldi. Shu bilan birga, oy davomida kunlik tushum miqdori o‘zgarib turgan.
Ushbu davrda avtomobil yoqilg‘isi quyish shoxobchalarida 18,49 millionta tranzaksiya qayd etildi. Kunlik operatsiyalar soni o‘rtacha 616,4 mingtani tashkil qildi.
To‘lovlarning asosiy qismi odatiy bank kartalari orqali amalga oshirilgan. Ular jami to‘lovlarning 91,9 foizini yoki 115,7 milliard so‘mni tashkil etdi. Yana 5,7 foiz yoki 7,2 milliard so‘mlik to‘lovlar tezkor tarzda chiqariladigan bank kartalari orqali amalga oshirildi.
Yoqilg‘i kartalari ulushi 2,4 foizni tashkil etib, bu taxminan 3 milliard so‘mga to‘g‘ri keldi.