Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 7 oktyabr kuni Istanbulda poyabzal sanoati, charm mahsulotlari va turdosh tarmoqlarga bag‘ishlangan AYMOD 2026 xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. Unda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Aliyor Latipov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga mamlakat charm-poyabzal sanoatini namoyon etuvchi 20 ga yaqin tadbirkor kirdi. Shuningdek, 10 ga yaqin o‘zbekistonlik kompaniya ko‘rgazmada alohida stendlar orqali o‘z mahsulotlarini taqdim etdi.
AYMOD ko‘rgazmasida ishtirok etish O‘zbekiston korxonalariga mahalliy mahsulotlarni xalqaro auditoriyaga namoyish etish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va xorijiy hamkorlarni topish imkonini beradi.
Ishtirokdan ko‘zlangan maqsadlardan biri charm-poyabzal sanoati korxonalarining eksport imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularning mahsulotlarini xorijiy bozorlarda ilgari surishdan iborat.
AYMOD 2026 ko‘rgazmasi 10 oktyabrga qadar davom etadi.