Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özbekneftgaz” AJ neft va gaz sanoatini dekarbonizatsiya qiliş böyiça xartiyani (Oil & Gas Decarbonization Çarter, OGDC) imzolagan 56 ta kompaniya qatoriga kirdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
2026 yil 10 noyabr kuni COP31 iqlim konferensiyasi doirasida OGDCning 2026 yilgi «Amaliy natijalarni mustahkamlaş» (OGDC 2026 Status Report: Strengthening Delivery) hisoboti e’lon qilindi. Unda keltirilgan ma’lumotlarga köra, xartiya iştirokçilari 100 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi hamda jahon neft va gaz qazib oliş hajmining qariyb uçdan bir qismini ta’minlaydi.
Xartiya 2023 yilda COP28 konferensiyasi doirasida işga tuşirilgan. Uning iştirokçilari issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytiriş, ekologik mas’uliyatni oşiriş va neft-gaz sanoatining iqlimga ta’sirini pasaytiriş çoralarini qöllab-quvvatlaydi.
Taşabbusning asosiy maqsadlari qatoriga 2050 yilgaça yoki undan oldin operatsion faoliyatdan kelib çiqadigan issiqxona gazlari çiqindilarining sof nol darajasiga erişiş, neft va gaz qazib oliş jarayonida metan çiqindilarini 2030 yilgaça deyarli nol darajaga tuşiriş, şuningdek, şu muddatga qadar gazni muntazam ravişda maş’alada yoqiş amaliyotini töxtatiş kiradi.
Xartiya, şuningdek, 2030 yilgaça bölgan davr uçun Scope 1 va Scope 2 toifalari böyiça çiqindilarni qisqartirişning oraliq maqsadlarini belgilaş va ularni jamoatçilikka oşkor etişni nazarda tutadi.
2026 yilgi hisobotda xartiya iştirokçisi bölgan kompaniyalar tomonidan amaliy çora-tadbirlar kölami kengayib borayotgani qayd etilgan. Xususan, issiqxona gazlari çiqindilari töğrisidagi ma’lumotlarni oşkor qilayotgan, oraliq maqsadli körsatkiçlarni belgilayotgan, metan çiqindilarini kamaytiriş va gazni muntazam ravişda maş’alada yoqişni töxtatiş böyiça rejalarni joriy etayotgan kompaniyalar soni ortib bormoqda.
“Özbekneftgaz” uçun ekologik faoliyatning ustuvor yönalişlari qatorida metan sizib çiqiş holatlarini aniqlaş va bartaraf etiş (LDAR), energiya samaradorligini oşiriş, issiqxona gazlari çiqindilarini hisobga oliş hamda hisobot beriş jarayonlarining şaffofligini ta’minlaş belgilangan.
Kompaniya ma’lum qilişiça, mazkur taşabbusda iştirok etiş xalqaro tajriba almaşinuvini kengaytiriş, ilğor texnologiyalar va yondaşuvlarni örganiş, şuningdek, issiqxona gazlari çiqindilarini boşqariş sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş imkonini beradi.