7
Özbekiston

Ziroat Mirziyoyeva «Nol çiqindi» global alyansini tuzişni qöllab-quvvatladi

Ziroat Mirziyoyeva «Nol çiqindi» global alyansini tuzişni qöllab-quvvatladi
Ziroat Mirziyoyeva «Nol çiqindi» global alyansini tuzişni qöllab-quvvatladi / Foto: ZiroatMirziyoyevaFirst_lady.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Antaliya şahrida bölib ötgan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi. Unda «Nol çiqindi» (Zero Waste) global alyansi taşkil etilayotgani e’lon qilindi.

Tadbir Prezident Şavkat Mirziyoyevning COP31 iqlim konferensiyasida iştirok etiş uçun Turkiyaga amalga oşirgan taşrifi doirasida bölib ötdi.

Alyans tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş tamoyillarini ilgari suriş va çiqindilar hajmini kamaytiriş maqsadida davlat va hukumat rahbarlarining rafiqalarini birlaştirişga qaratilgan.

Uçraşuv davomida Ziroat Mirziyoyeva Turkiya Birinçi xonimi Emine Erdoğanga taklif va samimiy mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirdi. Şuningdek, uning Zero Waste taşabbusini xalqaro miqyosda ilgari surişga qöşayotgan hissasini alohida ta’kidladi. Özbekiston Birinçi xonimi alyans taşkil etilişini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

Bundan taşqari, Ziroat Mirziyoyeva birlaşma doirasida ekologik ta’limni rivojlantiriş hamda yoşlar tomonidan işlab çiqilgan ekologik loyihalarni qöllab-quvvatlaşni taklif qildi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.