Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4 noyabr kuni dehqonlar, fermerlar va barça qişloq xöjaligi xodimlarini 5 million tonnadan ortiq paxta hosili yiğib olingani bilan tabrikladi.
Tabrikda davlat rahbari uşbu natijani Yangi Özbekiston tarixidagi rekord körsatkiç deb atadi.
Prezident paxta xomaşyosini noqulay ob-havo şaroiti boşlanişidan oldin sohaning içki imkoniyatlarini safarbar etiş hisobiga yiğib olişga erişilganini ta’kidladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Tabrikda qayd etilişiça, paxta hosildorligining örtaça körsatkiçi 2,7 barobarga oşib, gektariga 21 sentnerdan 56 sentnerga yetgan.
Joriy yilda paxtakorlar 13–14 trillion söm sof foyda olişi kutilmoqda.
Qariyb 400 ming gektar maydonda örtaça hosildorlik gektariga 70 sentnerni, 70 ming gektarga yaqin maydonda esa 100–110 sentnerni taşkil etdi. Qariyb mingta fermer xöjaligi va klaster gektaridan 100 sentner va undan ortiq hosil oliş marrasiga yetdi.
4 mingdan ortiq fermerda hosildorlik gektariga 60–70 sentnerdan, 2,5 ming nafar fermerda esa 80 sentnerdan oşdi. Paxtakor tumanidagi Anorboy Eşmatov va Jarqörğon tumanidagi Uluğbek Supiyev har gektardan 110 sentnerdan paxta xomaşyosi yetiştirdi.
Tabrikda ta’kidlanişiça, bunday natijalarga ekiş sxemalarini özgartiriş, köçatlar sonini ikki-uç barobar köpaytiriş hamda ğöza tunlami va gerbitsidlarga çidamli yangi biotexnologik navlarni joriy etiş orqali erişilgan.
Prezident, şuningdek, Paxtaçilik kengaşining taşkil etilişi, olimlar tomonidan noan’anaviy texnologiyalarni qöllaş va raqamlaştiriş jarayonlarini ham alohida qayd etdi. Uning ta’kidlaşiça, dronlardan foydalaniş xarajatlarni ikki barobar qisqartiriş imkonini bergan. Bundan taşqari, tölov intizomining yaxşilanişi, subsidiyalaş tizimining takomillaştirilişi va suğurta tizimining yaratilişi ham muhim ahamiyat kasb etgan.
Jizzax, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida örtaça hosildorlik gektariga 60 sentnerdan yuqori böldi. Qoraqalpoğistonda esa ötgan yillarga nisbatan hosildorlik 10–15 sentnerga oşdi, paxta yiğimi 400 ming tonnadan ziyodni taşkil etdi. Mirzaobod va Xovos tumanlari paxtakorlari gektaridan 70 sentnerdan ortiq hosil oldi.
Paxta yiğim-terimi hajmi böyiça Koson tumani 110 ming tonna bilan yetakçilik qilmoqda. Keyingi örinlarda Mirişkor tumani 105 ming tonna, Qasbi tumani 95 ming tonna, Nişon tumani 90 ming tonna va Mirzaçöl tumani 85 ming tonna körsatkiç bilan qayd etilgan.
Hosilning qariyb 85 foizi maşinalar yordamida terib olindi. 3 mingdan ortiq paxta teriş kombayni bu işni 30–35 kun içida bajardi. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida mexanizatsiya darajasi 100 foizga yetdi.
Davlat rahbari joriy körsatkiçlarni ötgan davrlar bilan ham taqqosladi. 1980-yillarda respublikada paxta ekiş uçun qariyb 2 million gektar yer ajratilgan, örtaça hosildorlik esa 30 sentnerdan oşmagan. 2000 yilda ğöza 1,4 million gektar maydonga ekilgan va 3 million tonna paxta yiğib olingan.
Sönggi yillarda ğöza ekiladigan maydonlar 38 foizga qisqardi, paxta monopoliyasi bekor qilindi. Öqituvçilar, talabalar, öquvçilar va byudjet taşkilotlari xodimlarini dala işlariga majburiy jalb etiş amaliyotiga barham berildi. Suv tejovçi texnologiyalar tufayli suv sarfi 1990-yillardagiga nisbatan ikki barobar kamaydi.
Prezident Toşkentda yaqinda Butunjahon paxta kuniga bağişlab ötkazilgan forumda 30 dan ortiq mamlakat olimlari va mutaxassislari Özbekistonda Butunjahon paxta markazini taşkil etiş taşabbusini ilgari surganini ma’lum qildi.
Kelgusi yilda mamlakat böyiça ğözaning örtaça hosildorligini gektariga 65–70 sentnerga yetkaziş rejalaştirilgan. Buning uçun yuqori hosilli navlar ekiladigan maydonlarni kengaytiriş, agrodronlar, suv va energiya tejovçi texnologiyalar hamda sun’iy intellektdan kengroq foydalaniş közda tutilgan.
Tabrikda keltirilgan ma’lumotlarga köra, mamlakat agrar sohasida jami 3,5 milliondan ortiq kişi mehnat qiladi.