Sport

Özbekiston Osiyo kubogidagi ilk uçraşuvini Iordaniyaga qarşi ötkazadi

Özbekiston Osiyo kubogidagi ilk uçraşuvini Iordaniyaga qarşi ötkazadi
Özbekiston Osiyo kubogidagi ilk uçraşuvini Iordaniyaga qarşi ötkazadi / Foto: AFC.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston milliy terma jamoasi 2027 yil 8 yanvar kuni Saudiya Arabistonida bölib ötadigan Osiyo kubogidagi ilk uçraşuvini Iordaniya terma jamoasiga qarşi ötkazadi. Uçraşuv King Abdullah Sports City stadionida mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da (Toşkent vaqti bilan 21:30 da) boşlanadi. Turnirning yakuniy taqvimi Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) va mahalliy taşkiliy qömita tomonidan e’lon qilindi.

Özbekiston “B” guruhida Iordaniya, KXDR va Bahrayn terma jamoalari bilan birga iştirok etadi. Ikkinçi turda, 12 yanvar kuni, Özbekiston terma jamoasi Kingdom Arena stadionida KXDR bilan bahs olib boradi. Uçraşuv mahalliy vaqt bilan soat 16:30 da (Toşkent vaqti bilan 18:30 da) boşlanadi. Özbekiston guruh bosqiçidagi sönggi uçraşuvini 17 yanvar kuni Prince Abdullah Al Faisal Sports City stadionida Bahraynga qarşi ötkazadi. Bu bahs ham mahalliy vaqt bilan soat 16:30 da (Toşkent vaqti bilan 18:30 da) boşlanadi.

Saudiya Arabistoni Osiyo kubogini ilk bor qabul qiladi. Uşbu musobaqa tarixdagi 19-turnir böladi. Turnir 7 yanvar kuni Ar-Riyod şahridagi 72 ming tomoşabinga möljallangan King Fahd Sports City stadionida Saudiya Arabistoni va Falastin terma jamoalari örtasidagi uçraşuv bilan oçiladi.

Guruh bosqiçida 24 ta jamoa iştirok etadi va uşbu bosqiç 20 yanvar kuni yakunlanadi. Ikki kundan keyin nimçorak final uçraşuvlari boşlanadi. Çorak final bahslari 28 va 29 yanvar kunlari, yarim final öyinlari esa 1 va 2 fevral kunlari ötkaziladi. Final uçraşuvi 5 fevral kuni King Fahd Sports City stadionida bölib ötadi.

Turnir davomida uçta şahardagi sakkizta stadionda jami 51 ta uçraşuv ötkaziladi. Şundan beşta stadion Ar-Riyodda, ikkitasi Jiddada va bittasi Al-Xobar şahrida joylaşgan. OFK ma’lumotlariga köra, stadionlarni tanlaş va uçraşuvlar boşlaniş vaqtini belgilaşda tijoriy hamda televizion talablar, şuningdek, tomoşabinlarni jalb qiliş çoralari hisobga olingan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.