Madaniyat

Kinematografiya agentligi tugatiladi, “Özbekfilm” qayta taşkil etiladi

Kinematografiya agentligi tugatiladi, “Özbekfilm” qayta taşkil etiladi
Kinematografiya agentligi tugatiladi, “Özbekfilm” qayta taşkil etiladi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti matbuot xizmatiÖzbekistonda Kinematografiya agentligi tugatiladi, kino sohasida davlat siyosatini amalga oşiriş vakolatlari esa Madaniyat vazirligiga ötkaziladi. “Özbekfilm” davlat muassasasi örniga zamonaviy biznes modeli asosida faoliyat yuritadigan “Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi. Filmlar işlab çiqariş töliq xususiy sektorga ötkaziladi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev 26 oktyabr kuni “Özbekfilm” kinostudiyasida kino san’ati vakillari bilan uçraşuvda ma’lum qildi.

Prezidentning sözlariga köra, soha boşqaruv, moliyalaştiriş va filmlar işlab çiqariş vazifalari aniq ajratilgan yangi tizimga ötmoqda. Madaniyat vazirligi tuzilmasida Kino san’ati departamenti taşkil etiladi. Uning rahbari maqomiga köra vazir örinbosariga tenglaştiriladi. Mas’ullarga bir oy muddatda departament faoliyatini yölga qöyiş, Kinematografiya agentligi va uning tizimidagi taşkilotlarni tugatiş topşirildi.

“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi filmlarni mustaqil suratga olmaydi. U kinoloyihalarni tanlaş va moliyalaştiriş, filmlarni tarğib qiliş va prokatga çiqariş, şuningdek, ularning xalqaro bozorlar va kinofestivallarda namoyiş etilişini ta’minlaş bilan şuğullanadi. Prezident kompaniyani milliy kino brendini yaratiş va zamonaviy kinoindustriyani rivojlantirişda tayanç markaz hamda asosiy operator deb atadi. Uning faoliyatini bir hafta içida taşkil etiş topşirildi.

Qayta taşkil etişdan maqsad prezident uçraşuvda tilga olgan muammolarni hal qilişdan iborat. Uning ta’kidlaşiça, mamlakatda haligaça filmni işlab çiqarişdan tortib, uni tomoşabinga yetkazişgaça bölgan yagona tizim şakllanmagan.

Mirziyoyev xorijiy filmlar tomoşabinlar bilan tölgan zallarda namoyiş etilayotganini qayd etdi. «Demak, tomoşabin kinodan va kinoteatrga borişdan voz keçmagan, faqat uning didi va talablari özgargan. Milliy filmlarimiz bu talablarga javob beryaptimi? Afsuski, yöq!» — dedi u.

Prezident davlat buyurtmasi tizimidagi kamçiliklarga ham e’tibor qaratdi. Uning sözlariga köra, amaldagi tizim zamonaviy kinoindustriya talablariga javob bermaydi. Bir rejissyorga oltitagaça, bir muallifga esa yettitagaça loyiha topşirilgan. Buyurtmalarning qariyb yarmi davlat kinostudiyalariga berilgani xususiy kinoijodkorlar örtasidagi raqobatni çeklagan.

Natijada, prezident ta’kidlaganidek, asosiy mezon kuçli ssenariy va sifatli film yaratiş emas, balki topşiriqni tezroq bajariş bölib qolgan. Mirziyoyev san’at asarlarini oddiy tovar yoki quriliş obyekti kabi texnik topşiriqlar asosida xarid qiliş notöğri ekanini aytdi. Şuningdek, bugungi kunda professional kinotanqidçilarning fikri yetarliça inobatga olinmayotganini qayd etdi.

Sönggi ön yilda kinematografiyani qöllab-quvvatlaş uçun ikkita farmon va sakkizta qaror qabul qilindi, “Özbekfilm” kinostudiyasi esa töliq rekonstruksiya qilindi. Agar 2016 yilda filmlar işlab çiqariş uçun davlat byudjetidan 10 mlrd söm ajratilgan bölsa, joriy yilda bu körsatkiç 218 mlrd sömni taşkil etdi. Prezidentning aytişiça, şu davrda milliy filmlar soni va sifati oşdi, sohada önlab xususiy kinostudiyalar paydo böldi.

Prezident kinoni mamlakatning xalqaro nufuzini oşiradigan «yumşoq kuç» vositasi deb atadi. U kinoijodkorlarni ekranda faqat tarixiy şaxslarni emas, balki zamondoşlar — öqituvçilar, şifokorlar, sportçilar, harbiylar, tadbirkorlar, quruvçilar va yoşlarni ham aks ettirişga çaqirdi.

Mirziyoyev kino sohasiga nisbatan ilgari surgan “Öz” ğoyasini quyidagiça ifodaladi: «Özligini anglagan holda, öz tarixini dunyoga öz ovozi bilan sözlab beriş».

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.