Madaniyat

O‘zbekistonda “Shiroq” filmini suratga olish ishlari yakunlandi

O‘zbekistonda “Shiroq” filmini suratga olish ishlari yakunlandi
O‘zbekistonda “Shiroq” filmini suratga olish ishlari yakunlandi / Foto: “O‘zbekfilm”.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda afsonaviy qahramon Shiroqqa bag‘ishlangan “Shiroq” nomli tarixiy badiiy-publitsistik filmni suratga olish ishlari yakunlandi. Rivoyatlarga ko‘ra, u Vatan ozodligi yo‘lida o‘z jonini fido qilgan. Suratga olish ishlari yakunlangani haqida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda ijodiy guruh filmni montaj qilish, ovozlashtirish va postprodakshnning boshqa bosqichlari ustida ish olib bormoqda.

Suratga olish ishlari Toshkent va Buxoro viloyatlarida, shuningdek, “O‘zbekfilm” kinostudiyasining pavilyonlarida bo‘lib o‘tdi.

Film ssenariysini Nazar Eshonqul yozgan, rejissyor-postanovkachisi Muzaffarxon Erkinov bo‘ldi.

Filmning bosh operatori Ravshan Mirzakamalov, bosh rassomi esa Qahramon Matkarimov hisoblanadi.

Film musiqasini bastakor Muinzoda yozgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.