Madaniyat

Mirziyoyev "Özbekfilm"ni milliy kino tarixining saqlovçisi deb atadi

Mirziyoyev "Özbekfilm"ni milliy kino tarixining saqlovçisi deb atadi
Mirziyoyev "Özbekfilm"ni milliy kino tarixining saqlovçisi deb atadi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezidentimiz “Özbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uçraşuv ötkazmoqda. Davlatimiz rahbari bu dargohda milliy kino tariximiz, bir neça avlod ijodkorlarining mehnati, xalqimizning ekranga köçgan orzulari, intilişlari va armonlari mujassam ekanini ta’kidladi.

“Mahallada duv–duv gap”, “Ötgan kunlar”, “Şum bola”, “Çinor ostidagi duel”, “Suyunçi” kabi filmlarning qahramonlari xotiramizda yaqin insonlardek saqlanib qolgan. Ulardagi bir lavha, bir oğiz söz yoki taniş kuy bolaligimiz, bobo-buvilarimiz va qadrdon mahallamizni köz oldimizda gavdalantiradi.

Prezidentimiz öz davrida siyosiy va mafkuraviy bosimlar qançalik oğir bölmasin, ijodkorlarimiz ana şunday milliy san’at asarlarini yarata olganini tahsinga sazovor deb baholadi.

“Özbekfilm” yaratgan bu maktab mustaqillik yillarida ham davom ettirildi. “Abdullajon”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Dilxiroj”, “Vatan”, “Ötov” singari xalqimizga manzur filmlar yaratildi.

Mamlakatimiz yetakçisi ön yil oldin “Özbekfilm” kinostudiyasi qanday ahvolda bölganini yodga oldi. Islohotlarning ilk kunlaridan studiyani tiklaş va ijodkorlar uçun munosib şaroit yaratişga alohida e’tibor qaratilgani qayd etildi.

Bu qadrli maskan töliq rekonstruksiya qilindi. Sönggi ön yilda sohani qöllab-quvvatlaşga qaratilgan ikkita farmon va sakkizta qaror qabul qilindi.

2016-yilda filmlar oliş uçun davlat budjetidan 10 milliard söm ajratilgan bölsa, joriy yilning özida 218 milliard söm berildi.

Davlatimiz rahbari natijada milliy filmlarimizning salmoği va sifati oşganini, sohaga önlab xususiy kinostudiyalar kirib kelganini ta’kidladi.

Prezidentimiz yangi davrda yaratilgan tarixiy filmlarga töxtaldi. Ular orasida “Islomxöja”, “Ibrat”, “Avloniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Qöqon şamoli”, “Muqimiy”, “Ilhaq”, “Özbek qizi”, “Bahodir Yalangtöş” bor.

Milliy kadrlarimizning yangi avlodi yetişib çiqdi. Davlatimiz rahbari bunda kinoijodkorlarning munosib hissasi borligini qayd etdi.

“Oltin globus” xalqaro kino mukofoti tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlaş marosimi ilk bor Toşkentda ötkazildi. Uçraşuvda iştirok etayotgan aktrisa Gulçehra Jamilova “Meridian” mukofotiga sazovor böldi.

Şu bilan birga, Prezidentimiz milliy kino san’atimizni yangi bosqiçga olib çiqiş borasida oldinda hali köp işlar turganini oçiq aytiş zarurligini ta’kidladi.

Prezidentimiz ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani uçun odamlar kinoteatrga bormay qöygani haqidagi fikrlarga töxtaldi. Odamlar xorijiy filmlarni kinozallarni töldirib tomoşa qilayotganini qayd etdi.

– Demak, tomoşabin kinodan, kinoteatrlarga borişdan voz keçgani yöq, faqat uning didi va talabi özgardi. Milliy filmlarimiz ana şu talabga javob beryaptimi? Afsuski, yöq!

 – dedi davlatimiz rahbari.

Sababi filmlarni işlab çiqarişdan uni tomoşabinga yetkazişgaça bölgan yaxlit zanjir – distributsiya şakllanmagan.

Prezidentimiz bugun professional kinotanqidçilar fikri bilan yetarliça hisoblaşilmayotganini qayd etdi.

– Qolaversa, xolis tahlil ijodkorga öz kamçiliklarini köra oliş va ösiş imkonini beradi-ku!

– dedi davlatimiz rahbari.

Kino loyihalarini moliyalaştirişning amaldagi davlat buyurtmasi va xaridi tizimida ham yeçimini kutayotgan masalalar bor. Eskidan qolgan “goszakaz” zamonaviy kinoindustriya talablariga javob bermayapti.

Bir vaqtning özida bitta rejissorga oltitagaça, bir muallifga yettitagaça loyiha biriktirilgan. Bunday yuklamada har bir asar ustida puxta işlaş qiyin. Buyurtmalarning deyarli yarmi davlat studiyalariga berilgani xususiy ijodkorlar uçun teng raqobat imkonini çeklagan.

Oqibatda kuçli ssenariy va sifatli film yaratiş örniga topşiriqni tezroq “yopiş” asosiy mezon bölib qolgan. Mamlakatimiz yetakçisi ijodkor mehnatining natijasi tomoşabinni çuqur öyga solib, qalbida iz qoldirgan film bilan ölçanişi kerakligini ta’kidladi.

Ssenariy suratga oliş jarayonida boyitilişi, ijodiy yeçimlar özgarişi mumkin. Şuning uçun san’at asarini oddiy tovar yoki quriliş obyekti kabi texnik topşiriqlar asosida xarid qiliş töğri emasligi körsatib ötildi.

Yangiliklar yangilanmoqda

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.