Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezidentimiz “Özbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uçraşuv ötkazmoqda. Davlatimiz rahbari bu dargohda milliy kino tariximiz, bir neça avlod ijodkorlarining mehnati, xalqimizning ekranga köçgan orzulari, intilişlari va armonlari mujassam ekanini ta’kidladi.
“Mahallada duv–duv gap”, “Ötgan kunlar”, “Şum bola”, “Çinor ostidagi duel”, “Suyunçi” kabi filmlarning qahramonlari xotiramizda yaqin insonlardek saqlanib qolgan. Ulardagi bir lavha, bir oğiz söz yoki taniş kuy bolaligimiz, bobo-buvilarimiz va qadrdon mahallamizni köz oldimizda gavdalantiradi.
Prezidentimiz öz davrida siyosiy va mafkuraviy bosimlar qançalik oğir bölmasin, ijodkorlarimiz ana şunday milliy san’at asarlarini yarata olganini tahsinga sazovor deb baholadi.
“Özbekfilm” yaratgan bu maktab mustaqillik yillarida ham davom ettirildi. “Abdullajon”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Dilxiroj”, “Vatan”, “Ötov” singari xalqimizga manzur filmlar yaratildi.
Mamlakatimiz yetakçisi ön yil oldin “Özbekfilm” kinostudiyasi qanday ahvolda bölganini yodga oldi. Islohotlarning ilk kunlaridan studiyani tiklaş va ijodkorlar uçun munosib şaroit yaratişga alohida e’tibor qaratilgani qayd etildi.
Bu qadrli maskan töliq rekonstruksiya qilindi. Sönggi ön yilda sohani qöllab-quvvatlaşga qaratilgan ikkita farmon va sakkizta qaror qabul qilindi.
2016-yilda filmlar oliş uçun davlat budjetidan 10 milliard söm ajratilgan bölsa, joriy yilning özida 218 milliard söm berildi.
Davlatimiz rahbari natijada milliy filmlarimizning salmoği va sifati oşganini, sohaga önlab xususiy kinostudiyalar kirib kelganini ta’kidladi.
Prezidentimiz yangi davrda yaratilgan tarixiy filmlarga töxtaldi. Ular orasida “Islomxöja”, “Ibrat”, “Avloniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Qöqon şamoli”, “Muqimiy”, “Ilhaq”, “Özbek qizi”, “Bahodir Yalangtöş” bor.
Milliy kadrlarimizning yangi avlodi yetişib çiqdi. Davlatimiz rahbari bunda kinoijodkorlarning munosib hissasi borligini qayd etdi.
“Oltin globus” xalqaro kino mukofoti tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlaş marosimi ilk bor Toşkentda ötkazildi. Uçraşuvda iştirok etayotgan aktrisa Gulçehra Jamilova “Meridian” mukofotiga sazovor böldi.
Şu bilan birga, Prezidentimiz milliy kino san’atimizni yangi bosqiçga olib çiqiş borasida oldinda hali köp işlar turganini oçiq aytiş zarurligini ta’kidladi.
Prezidentimiz ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani uçun odamlar kinoteatrga bormay qöygani haqidagi fikrlarga töxtaldi. Odamlar xorijiy filmlarni kinozallarni töldirib tomoşa qilayotganini qayd etdi.
– Demak, tomoşabin kinodan, kinoteatrlarga borişdan voz keçgani yöq, faqat uning didi va talabi özgardi. Milliy filmlarimiz ana şu talabga javob beryaptimi? Afsuski, yöq! – dedi davlatimiz rahbari.
Sababi filmlarni işlab çiqarişdan uni tomoşabinga yetkazişgaça bölgan yaxlit zanjir – distributsiya şakllanmagan.
Prezidentimiz bugun professional kinotanqidçilar fikri bilan yetarliça hisoblaşilmayotganini qayd etdi.
– Qolaversa, xolis tahlil ijodkorga öz kamçiliklarini köra oliş va ösiş imkonini beradi-ku!– dedi davlatimiz rahbari.
Kino loyihalarini moliyalaştirişning amaldagi davlat buyurtmasi va xaridi tizimida ham yeçimini kutayotgan masalalar bor. Eskidan qolgan “goszakaz” zamonaviy kinoindustriya talablariga javob bermayapti.
Bir vaqtning özida bitta rejissorga oltitagaça, bir muallifga yettitagaça loyiha biriktirilgan. Bunday yuklamada har bir asar ustida puxta işlaş qiyin. Buyurtmalarning deyarli yarmi davlat studiyalariga berilgani xususiy ijodkorlar uçun teng raqobat imkonini çeklagan.
Oqibatda kuçli ssenariy va sifatli film yaratiş örniga topşiriqni tezroq “yopiş” asosiy mezon bölib qolgan. Mamlakatimiz yetakçisi ijodkor mehnatining natijasi tomoşabinni çuqur öyga solib, qalbida iz qoldirgan film bilan ölçanişi kerakligini ta’kidladi.
Ssenariy suratga oliş jarayonida boyitilişi, ijodiy yeçimlar özgarişi mumkin. Şuning uçun san’at asarini oddiy tovar yoki quriliş obyekti kabi texnik topşiriqlar asosida xarid qiliş töğri emasligi körsatib ötildi.
“Özbekfilm”ning taşkiliy va iqtisodiy modeli yangilanadi. Davlat muassasasi tugatilib, zamonaviy biznes modeli asosida işlaydigan yangi “Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi.
Prezidentimiz yangi kinokompaniya milliy kino brendini yaratiş va zamonaviy kinoindustriyani rivojlantiriş böyiça tayanç markaz hamda boş operator bölişini ta’kidladi.
“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi film işlab çiqarmaydi. Filmlarni yaratiş töliq xususiy sektorga ötadi. Kompaniya loyihalarni tanlaş va moliyalaştiriş, filmlarni tarğib qiliş, tarqatiş, xalqaro bozorlar va festivallarga olib çiqiş bilan şuğullanadi.
Bu orqali filmni işlab çiqarişdan tomoşabinga yetkazib berişgaça bölgan jarayon yaxlit tizimga birlaşadi. Milliy kinokompaniya faoliyatini bir hafta muddatda yölga qöyiş topşirildi.
Prezidentimiz kinolarni moliyalaştirişda davlat buyurtmasi amaliyotidan subsidiya asosida qöllab-quvvatlaş tizimiga ötilişini ma’lum qildi.
Bundan buyon davlat filmning buyurtmaçisi emas, ijodkorlar va xususiy sektorning işonçli hamkori böladi,– dedi mamlakatimiz yetakçisi.
Film işlab çiqarişda texnik topşiriqlar emas, ijodiy jarayon va uning talablariga ustuvorlik beriladi. Yangi moliyalaştiriş mexanizmini bir oy muddatda joriy etiş vazifasi qöyildi.
Kelgusi yildan boşlab har yili “Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi söroviga köra budjetdan tegişli mablağ ajratib boriladi.
Prezidentimiz kino yaratiş uçun zamonaviy infratuzilma barpo etilişini ma’lum qildi. “Özbekfilm”ning 10 gektarlik hududida kino xizmatlari jamlangan yagona industrial klaster – “Özbekfilm kino şaharçasi” taşkil etiladi.
“Kino şaharçasi”da zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Dublyaj va ovozlaştiriş markazi quriladi.
Ikki oyda malakali loyiha taşkilotini jalb qilib, şaharçaning master-rejasi va loyiha-smetasi işlab çiqiladi. Quriliş işlari keyingi yilning mart oyidan boşlanadi.
Kino tizimidagi böş turgan davlat aktivlarini oçiq savdoga çiqariş topşirildi.
Davlatimiz rahbari kinoijodkorlar uçun yana bir taşabbusni ma’lum qildi. Quyi Çirçiq tumanidagi “Köhinur” sihatgohi töliğiça ularning ixtiyoriga beriladi.
Mazkur sihatgoh yaqinda zamonaviy talablar asosida ta’mirlanib, jihozlangan. Bu yerda kinoijodkorlarning munosib dam olişi uçun şaroit yaratilgan.
Prezidentimiz uşbu maskan kinoçilarimiz kuç töplab, yangi-yangi ğoyalar ustida işlaşiga xizmat qiladigan çinakam ijodiy maskanga aylanişini ta’kidladi.
Bundan taşqari, har yili kino sohasida faoliyat yuritadigan kamida 300 nafar fidoyi xodimga respublikadagi sihatgohlarda dam oliş va davolaniş uçun bepul yöllanma beriladi.
Prezidentimiz sohada ilm, tahlil va professional tanqidçilikni rivojlantiriş maqsadida “Kinoşunoslar klubi” taşkil etilişini ma’lum qildi.
“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi klub faoliyatini qöllab-quvvatlaydi. Uning Xalqaro kinotanqidçilar federatsiyasi – FIPRESCIga a’zo bölişiga kömaklaşadi. Bu milliy filmlarning nufuzli xalqaro festivallardagi iştirokini kengaytirişga xizmat qiladi.
Soha vakillarining kasbiy hamjamiyatini jipslaştiriş uçun Özbekiston Kino arboblari va Özbekiston kino sanoati vakillari uyuşmalari birlaştirilib, Özbekiston kino sohasi vakillari palatasi taşkil etiladi.
Palata sohada özini özi boşqarişni rivojlantiriş, ijodkorlarning mualliflik huquqlari va kasbiy manfaatlarini himoya qiliş, yoşlarning professional ösişiga kömaklaşiş bilan şuğullanadi.
Yoş kinoijodkorlarning xorijda malaka oşirişi va palata faoliyati moliyaviy-taşkiliy jihatdan qöllab-quvvatlanişi belgilandi. Yangi palata faoliyatini taşkil etiş işlarini bir oyda yakunlaş topşirildi.
Prezidentimiz milliy kino sanoatini yangi texnologik rivojlaniş bosqiçiga olib çiqiş zarurligini ta’kidladi. Kino yaratişda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalaniş böyiça hamkorlik dasturi bir oyda işlab çiqiladi.
Unda yangi ta’lim dasturlarini tayyorlaş, mutaxassislarni öqitiş va xorijda malakasini oşiriş masalalari közda tutiladi.
Şundan söng davlatimiz rahbari “Özbekfilm” nomini milliy kinomizning yagona brendi sifatida mustahkamlaş taşabbusini ilgari surdi. Xalqimiz Çilonzorning bu hududini azaldan “Özbekfilm” deb ataşi qayd etildi.
Hozirgi Çilonzor köçasining mazkur qismiga “Özbekfilm” nomini beriş taklif qilindi. Kino san’ati muzeyini “Özbekfilm” muzeyi, Kino san’ati saroyini “Özbekfilm” kinosaroyi, Milliy kinofondni “Özbekfilm” milliy kinofondi deb nomlab, ularni yagona brend ostida birlaştiriş taklif etildi.
Mamlakatimiz yetakçisi aytilgan özgarişlar soha faoliyatini yanada yuksaltirişi va yaxşi filmlar yaratişga xizmat qilişiga işonç bildirdi. Şundan söng tajribali ijodkorlar va yoşlarning fikrlarini tingladi.
Oçiq muloqot yakunida davlatimiz rahbari milliy kinoni rivojlantirişning muhim yönalişlari belgilab olinganini va aytilgan özgarişlarni nazarda tutuvçi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.
Prezidentimiz ijodkorlarning taşabbuslari qöllab-quvvatlanişini, yaxşi kino yaratiş uçun şaroitdan taşqari halol mehnat va vatanparvarlik bilan xalqni sevib ijod qiliş kerakligini ta’kidladi.
– Sizlarga işonaman. Özligimizdan kuç olib, bugungi hayotimizni teran anglab, milliy kinomizning yangi sahifasini birgalikda yarata olamiz, – dedi Prezidentimiz uçraşuv yakunida.