Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston yoshlar futzal terma jamoasi 2026 yil 12 oktyabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Qirg‘iziston terma jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Samandar Abduvoitov to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi va Qirg‘iziston terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
18-daqiqada Begzod Mirqosimov hisobni tenglashtirdi. Biroq 38-daqiqada Nurdin Mendibayev mezbonlarga g‘alaba keltirgan golni urdi.
Uchrashuv Qirg‘iziston yoshlar futzal terma jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuv davomida Nizomiddin Ziyohiddinov va Aybek Qirg‘izov 25-daqiqada, Marlen Zamirbekov 26-daqiqada, Babur Beyshenov esa 40-daqiqada sariq kartochka bilan jazolandi.