Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik bokschi To‘rabek Habibullayev “Ayti-Nagoya–2026” XX Osiyo o‘yinlarida 90 kggacha bo‘lgan vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Final jangda Habibullayev Xitoy vakili Xuejen Xanga qarshi ringga chiqib, g‘alaba qozondi.
To‘rabek Habibullayevning oltin medali O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Osiyo o‘yinlaridagi 17-oltin medal bo‘ldi.
Boks musobaqalarida final janglari davom etmoqda.