Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakili Anna Prakaten “Aichi-Nagoya-2026” Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahsining finalida sportchi ikkinchi bo‘lib marraga yetdi.
Shu tariqa, Prakaten O‘zbekiston terma jamoasiga akademik eshkak eshish musobaqalarida navbatdagi medalni olib keldi.