O‘zbekiston

Baxtiyor Saidov JICA bilan 2030 yilgacha bo‘lgan loyihalarni muhokama qildi

Baxtiyor Saidov JICA bilan 2030 yilgacha bo‘lgan loyihalarni muhokama qildi
Baxtiyor Saidov JICA bilan 2030 yilgacha bo‘lgan loyihalarni muhokama qildi / Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 18 sentyabr kuni Tokioda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Akixiko Tanaka bilan uchrashdi.

Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri O‘zbekiston va JICAning 2030 yilgacha bo‘lgan hamkorlik dasturida nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘ldi.

Saidov va Tanaka, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdi. Xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va taʼlim sohasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston tomoni yangi loyihalar va tashabbuslar hisobiga JICA bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.