Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tashkent Metropolitan University (TMU) buxgalteriya va moliya bo‘yicha Bachelor of Science in Accounting and Finance hamda xalqaro biznes bo‘yicha Bachelor of Arts in International Business bakalavriat dasturlari uchun Association of Chartered Certified Accountants (ACCA) akkreditatsiyasini oldi. Bu haqda TMU matbuot xizmati xabar berdi.
Akkreditatsiya talablarga javob beradigan bitiruvchilarga professional malaka olish jarayonida ACCAning ayrim imtihonlaridan ozod bo‘lish imkonini beradi.
ACCA buxgalteriya hisobi, moliya va biznes sohasidagi xalqaro professional tashkilot hisoblanadi. Akkreditatsiya TMUning baholashdan o‘tgan dasturlari doirasida egallanadigan bilim va ko‘nikmalarni tasdiqlaydi.
ACCA tomonidan berilgan tasdiq 2029 yil 1 yanvardan kuchga kiradi va 2033 yil 31 dekabrga qadar amal qiladi. Keyinchalik ACCA tomonidan tegishli tekshiruv o‘tkazilishi va qayta akkreditatsiya talablari bajarilishi sharti bilan akkreditatsiya muddati uzaytirilishi mumkin.
Belgilangan talablarga javob beradigan imtiyozlardan 2027–2028 o‘quv yilidan boshlab o‘qishga kirgan va 2029 yil 1 yanvardan keyin bitiradigan talabalar ACCAning amaldagi qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishi mumkin. Akkreditatsiya amaldagi talabalar yoki avvalgi yillarda o‘qishni tugatgan bitiruvchilarga retrospektiv tarzda tatbiq etilmaydi.
Bachelor of Science in Accounting and Finance dasturi doirasida ACCA Business and Technology, Management Accounting, Financial Accounting, Corporate and Business Law, Performance Management, Financial Reporting, shuningdek, Audit and Assurance yo‘nalishlarini baholadi.
Mazkur yo‘nalishlar TMUning Management Accounting (MAC402), Financial Accounting II and IFRS Foundations (FAR501), Business Law (England) (LAW403), Performance with Data Analysis (PDA605), Management Accounting II and Performance Foundations (MAP502), Financial Reporting (FRP602), Audit and Internal Control Foundations (AUD505) hamda Audit, Risk and Control (ARC603) kabi o‘quv modullari orqali taʼminlanadi.
Bachelor of Arts in International Business dasturi ham ACCA tomonidan to‘liq baholashdan o‘tkazildi. Baholash jarayonida Business and Technology, Management Accounting, Financial Accounting, Corporate and Business Law, Performance Management, Financial Reporting va Audit and Assurance yo‘nalishlari hisobga olindi.
Ushbu dastur bo‘yicha tegishli o‘quv modullari Management Accounting (MAC402), Financial Accounting (ACF401), Business Law (England) (LAW403), Performance with Data Analysis (PDA605), Management Accounting II and Performance Foundations (MAP502), Financial Reporting (FRP602), Financial Accounting II and IFRS Foundations (FAR501), Audit and Internal Control Foundations (AUD505) hamda Audit, Risk and Control (ARC603)ni o‘z ichiga oladi.
Akkreditatsiya talablarga javob beradigan bitiruvchilarga ACCA malakasini olish jarayonida avval egallangan bilim va ko‘nikmalarini hisobga olish imkonini beradi. Akkreditatsiyadan o‘tgan dasturni tamomlagandan so‘ng bitiruvchilar o‘z dasturi va bitirgan yili uchun belgilangan ayrim imtihonlardan ozod bo‘lish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, ayrim imtihonlardan ozod bo‘lish ACCA malakasini to‘liq olganlikni anglatmaydi. Malakaga ega bo‘lish uchun tashkilotning qolgan talablarini ham bajarish zarur. ACCAda ro‘yxatdan o‘tishda talabalarga rasmiy ACCA Exemptions Calculator orqali o‘zlari uchun mavjud bo‘lgan imtiyozlarning individual ro‘yxatini tasdiqlash tavsiya etiladi.
«Ushbu akkreditatsiya ikki dasturimizning sifati va o‘qituvchilarimizning talabalarga jahon darajasidagi taʼlim berishga sodiqligidan dalolat beradi. Endi bitiruvchilarimiz ACCA malakasini olish jarayonida avval egallagan bilim va ko‘nikmalarini hisobga olishlari mumkin. Bu ularning kasbiy faoliyatida sezilarli ustunlik beradi», — dedi Tashkent Metropolitan University rektori Behzod Jalilov.
Akkreditatsiya ACCA tomonidan baholangan ko‘rinishdagi dasturlarga tatbiq etiladi. Akkreditatsiya amal qiladigan davrda modullar yoki dasturlar mazmuniga kiritiladigan o‘zgartishlar imtihonlardan mavjud ozodliklarga taʼsir qilishi mumkin.
TMU akkreditatsiya talablariga keyinchalik ham rioya etilishini taʼminlash maqsadida tegishli o‘zgartishlar bo‘yicha ACCA bilan hamkorlik qiladi.